• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    To‘xtamayotgan “Liverpul”, uyg‘ongan “Chelsi” va “Tottenhem”, “kanareykalar”dan tarsaki yegan “Man Siti”. APLda tur tafsilotlari

    Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 5-turi 14—16-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Odatga ko‘ra tur tafsilotlarini bir sahifaga joylashga harakat qildik.

    “Liverpul”—“Nyukasl”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Turning ilk o‘yini “Enfild”da bo‘lib o‘tdi. 4 ta turdan so‘ng yo‘qotishsiz odimlayotgan Yurgen Klopp shogirdlari bu safar “Nyukasl”ni sinovdan o‘tkazdi. O‘yin “qizillar” uchun omadsiz boshlandi. 7-daqiqada mehmonlar a’zosi Yetro Villems gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 28-daqiqaga kelib Sadio Mane Endryu Robertsonning uzatmasini golga aylantirdi. Oradan 12 daqiqa o‘tib Roberto Firminoning uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan birga bir chiqib borgan Mane dublga erishdi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yish Muhammad Salohga nasib etdi. Misrlik hujumchi 72-daqiqada Firminoning zargarona uzatmasini ko‘kka sovurmadi. Natijada Klopp jamoasi ketma-ket 5 ta g‘alabani o‘ziniki qildi va musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

    “Tottenhem”—“Kristal Pelas”

    Foto: APL

    Foto: APL
    Ketma-ket uch turda g‘alaba qozona olmagan Maurisio Pochettino shogirdlari beshinchi turda bor alamini “Kristal Pelas”dan olib qo‘ya qoldi. “Tottenhem” “burgutlar” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Qizig‘i, gollarning barchasi birinchi bo‘limning o‘zida urildi. Gollardan ikkitasiga qit’adoshimiz Son Hyon Min mualliflik qilgan bo‘lsa, Erik Lamela ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Yana bir gol esa Serj Oryening faolligi sabab yuzaga keldi. Faqat uni “Pelas” himoyachisi Patrik van Anholt o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Shu tariqa “shporlar” o‘z hisobidagi ochkolari sonini 8 taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

    “Manchester Yunayted”—“Lester”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    O‘zining avvalgi mavqeyini qaytarish harakatidagi “Manchester Yunayted” mazkur turni o‘z maydonida “tulkilar”ga qarshi o‘tkazdi. “Old Trafford” o‘tgan o‘yinda muxlislar atigi bitta gol ko‘rdi, xolos. U ham birinchi bo‘limning 8-daqiqasida penaltidan urildi. Unga Markus Reshford mualliflik qildi. “Qizil iblislar” ushbu g‘alabadan so‘ng hisobidagi ochkolari sonini “Tottenhem”niki kabi 8 taga yetkazib oldi.

    “Vulverhempton”—“Chelsi”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Turning eng serhmahsul o‘yini “bo‘rilar” va “aristokratlar” o‘rtasida kechdi. Avvalgi turda “Sheffild Yunayted” bilan durang qayd etib, muxlislarini ranjitgan “Chelsi” bu safar qoyilmaqom o‘yin namoyish etdi. Avvaliga 31-daqiqada Tomori chiroyli va aniq zarbasi bilan London klubini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Temmi Abraham hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. 41-daqiqada yana o‘sha Temmi o‘z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo‘ydi. Tomonlar tanaffusga 0:3 hisobida yo‘l oldi. 55-daqiqada Abraham het-trikka erishdi. 69-daqiqada tinib-tinchimagan Temmi o‘z darvozasiga ham gol urib, avtogol sohibiga aylandi. 85-daqiqada esa yozgi transferlar vaqtida “Milan”dan olib kelingan Patrik Kutrone “bo‘rilar”ning o‘yindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bellashuvga yakuniy nuqtani esa so‘nggi daqiqalarda Meyson Maun qo‘ydi — 2:5. Qayd etish joiz, “Chelsi”ning ushbu o‘yindagi barcha golini klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari kiritishga erishdi.

    “Norvich”—“Manchester Siti”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    Tur sensatsiyasi so‘zsiz Norij shahrida qayd etildi. Amaldagi chempion “Manchester Siti” Chempionship g‘olibi bo‘lgan holda Premyer Ligaga qaytgan “Norvich” mehmoni bo‘lib mag‘lubiyatga uchradi. Avvaliga 18-daqiqada Kenli Makklin mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib Todd Kentuell hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim yakunida esa Serxio Aguero hisobni qisqartirishga erishdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa APLda javlon urayotgan Teyemu Pukki Ederson darvozasiga ham gol urdi. Qayd etish joiz, u bunga qadar “Liverpul” va “Chelsi” kabi grandlar darvozasini ham ishg‘ol qilgandi. Gvardiola shogirdlari esa mag‘lubiyatdan qutulish ilinjida qilgan tinimsiz harakatlari faqatgina 88-daqiqaga kelib o‘z mevasini berdi. Rodri uzoq masofadan aniq zarba berib, hisobni qisqartirdi. Ammo undan ko‘piga “shaharliklar”ning kuchi ham vaqti ham yetmadi.

    “Uotford”—“Arsenal”

    Foto: Standard

    Foto: Standard

    Dastlabki ikki turda ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritib, muxlislari qalbida kelajakka bo‘lgan umidni yoqqan “Arsenal” bu safar o‘sha umidni yana so‘nishi yo‘lida bir qadam tashladi. “Uotford” mehmoni bo‘lgan Unai Emeri shogirdlari bu safar tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berdi. Pyer-Emerik Obameyangning 11 daqiqa ichida urgan ikkita goliga mezbonlar ikkinchi bo‘limda Tom Kleverli va Roberto Pereyralarning gollari bilan javob qaytardi. Qayd etish joiz, mezbonlarning ikkala golida ham “Chelsi”ni “Arsenal”ga almashtirgan David Luiz xatoga yo‘l qo‘ydi. Shu tariqa “to‘pchilar”ning g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi uchta o‘yinga yetdi.

    Tur raqamlarda

    • 10 uchrashuvda jami 32 ta gol urildi
    • 18 ta gol mezbonlar, 16 tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi
    • Eng sermahsul bahs: “Vulverhempton” — “Chelsi” 2:5
    • Faqat 1 ta o‘yinda 0:0 hisobidagi durang qayd etildi: “Aston Villa” — “Vest Hem”
    • Faqatgina 2 ta o‘yinda mehmonlar g‘alaba qozondi.
    • 4 nafar futbolchi dublga erishdi: Sadio Mane, Kallum Uilson, Son Hyon Min, Pyer Emerik Obameyang
    • 1 nafar futbolchi het-trik qayd etdi: Temmi Abraham
    • Ortda qolgan 5 turdan so‘ng ochko yo‘qotmagan bitta klub qoldi — “Liverpul”

    Uchrashuvlarda kiritilgan gollarni “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’da tomosha qilishingiz mumkin.

    APL

    5-tur bahslari

    14-sentabr, shanba

    “Liverpul”—“Nyukasl” 3:1

    Gollar: 0:1 – 7 Villems, 1:1 – 28 Mane, 2:1 – 40 Mane, 3:1 – 72 Saloh.

    “Vulverhempton”—“Chelsi” 2:5

    Gollar: 0:1 – 31 Tomori, 0:2 – 34 Abraham, 0:3 – 41 Abraham, 0:4 – 55 Abraham, 1:4 – 69, avtogol Abraham, 2:4 – 85 Kutrone, 2:5 – 90 Maunt.

    “Sheffild Yunayted”—“Sauthempton” 0:1

    Gol: 0:1 – 66 Jenepo

    “Tottenhem”—“Kristal Pelas” 4:0

    Gollar: 1:0 – 10 Son Hyon Min, 2:0 – 21, avtogol van Anholt, 3:0 – 23 Son Hyon Min, 4:0 – 42 Lamela.

    “Manchester Yunayted”—“Lester” 1:0

    Gol: 1:0 – 8, penalti Reshford.

    “Brayton”—“Byornli” 1:1

    Gollar: 1:0 – 51 Mope, 1:1 – 90 Hendrik.

    “Norvich”—“Manchester Siti” 3:2

    Gollar: 1:0 – 18 Maklin, 2:0 – 28 Kentuell, 2:1 – 45 Aguero, 3:1 – 50 Pukki, 3:2 – 88 Rodri Ernandes.

    15-sentabr, yakshanba

    “Bornmut”—“Everton” 3:1

    Gollar: 1:0 – 23 Uilson, 1:1 – 44 Kelvert-Lyuin, 2:1 – 67 Freyzer, 3:1 – 72 Uilson.

    “Uotford”—“Arsenal” 2:2

    Gollar: 0:1 – 21 Obameyang, 0:2 – 32 Obameyang, 1:2 – 53 Kleverli, 2:2 – 81, penalti Pereyra.

    16-sentabr, dushanba

    “Aston Villa”—“Vest Hem” 0:0

    Musobaqa jadvali

    Foto: Twitter/@PL

    Foto: Twitter/@PL

    To‘purarlar ro‘yxati

    Temmi Abraham (“Chelsi”) — 7 ta gol
    Serxio Aguero (“Manchester Siti”) — 7 ta gol
    Teyemu Pukki (“Norvich”) — 6 ta gol
    Rahim Sterling (“Manchester Siti”) — 5 ta gol
    Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”) — 5 ta gol
    17.09.2019, 14:34   Izoh (0)   18064
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks bo‘yicha JCh—2019. Bugun oltita o‘zbekistonlik bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

    17.09.2019, 11:35

    Peshqadamni yenga olmagan “Bavariya”, “Borussiya D”ning “Barselona” bilan o‘yin oldidan gollar shousi. Bundesligada tur tafsilotlari

    17.09.2019, 11:10

    Azarning Madriddagi debyuti, “Atletiko”ni to‘xtatgan “Real” futbolchisi va Messining o‘rinini bildirmagan 16 yoshli futbolchi. La Ligada tur tafsilotlari

    16.09.2019, 23:57

    O‘zbekistonlik shaxmatchi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

    16.09.2019, 21:59

    Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

    16.09.2019, 21:31

    Ronaldu marhum otasi haqidagi videoni ko‘rib yig‘lab yubordi (video)

    16.09.2019, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.