• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Azarning Madriddagi debyuti, “Atletiko”ni to‘xtatgan “Real” futbolchisi va Messining o‘rinini bildirmagan 16 yoshli futbolchi. La Ligada tur tafsilotlari

    13—15-sentabr kunlari Ispaniya chempionatida 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” odatga ko‘ra tur tafsilotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    “Real” — “Levante”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Bu turda “Real” o‘zi uchun noqulay raqib hisoblangan “Levante” bilan bahs yuritdi. Tarkibdagi yo‘qotishlar sabab madridliklar ustozi Zinedin Zidan yarim himoyada rotatsiya qilish imkoniyatiga ega emas edi. O‘yin qaydnomasidan faqatgina uchta (Kazemiro, Toni Kroos, Xames) markaz futbolchilari o‘rin olgandi. Shunday bo‘lsa-da, “qaymoqranglilar” o‘yin tomonlama o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. Ayniqsa birinchi bo‘limda madridliklar raqibga hech qanday imkoniyat bermadi.

    Mazkur o‘yinda yozgi transfer oynasida “Chelsi”dan xarid qilingan Eden Azar “Real”dagi rasmiy debyutini o‘tkazdi. Tanaffusdan so‘ng “Real” tempni biroz pasaytirdi va kuch tejashga harakat qildi. Buni esa mehmonlar ikkita gol bilan jazoladi. Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr, chorshanba kuni Madrid shahri klubi YChL doirasida PSJga qarshi bahs olib boradi.

    “Real Sosyedad” — “Atletiko”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Tur sensatsiyasi San-Sebastyanda qayd etildi. “Real Sosyedad” shu vaqtgacha ochko yo‘qotmasdan kelayotgan “Atletiko”ni to‘xtatishga erishdi.

    Uchrashuvda “Sosyedad”da ijara asosida harakat qilayotgan “Real” futbolchisi Martin Edegor hisobni ochdi, oradan ko‘p vaqt o‘tmay Nacho Monreal mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Bundan tashqari, ikkinchi gol urilgan vaqtda madridliklar posboni Yan Oblak boshidan jarohat oldi va o‘yinni davom ettira olmadi.

    “Barselona” — “Valensiya”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Shanba oqshomining markaziy uchrashuvida “Barselona” va “Valensiya” jamoalari o‘zaro bahsga kirishdi. Lionel Messining yo‘qligi, Suaresning maydonga tushishi so‘roq ostida turgani kataloniyaliklar klubi muxlislarini tashvishga solayotgandi. Biroq o‘yinning ilk daqiqalaridayoq 16 yoshli iqtidor egasining harakatlari “Kamp Nou”ga yig‘ilgan tomoshabinlar qo‘rquvini yo‘qqa chiqardi.

    Qanot hujumchilarining jarohati sabab jiddiy raqibga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirilgan Ansumane Fati 2-daqiqada valensiyaliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan besh daqiqa o‘tib Fati Frenki de Yongning goliga assistentlik qildi.

    Dastlabki daqiqalardagi qaqshatqich “zarba”dan keyin mehmonlarning o‘ziga kelishi qiyin kechdi. Taym o‘rtalariga borib Albert Selades shogirdlari oldinga o‘ta boshladi va 27-daqiqada Rodigoning ajoyib uzatmasidan keyin Kevin Gameyro hisobni qisqartirdi. Biroq “ko‘rshapalaklar” ikkinchi bo‘lim debyutini ham boy berdi va shundan keyin vaziyatni o‘nglash juda murakkablashib ketdi. Luis Suaresning maydonga tushishi barchasiga mantiqiy nuqtani qo‘yib berdi. Bu o‘yinda “Barselona”dan “Valensiya”ga o‘tgan darvozabon Yasper Silessen o‘zining ishonchsiz harakatlari bilan yodda qoldi.

    “Alaves” — “Sevilya”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ortda qolgan to‘rtta turdan keyin peshqadamga aylanib olgan “Sevilya” safarda ushbu mavsum hali mag‘lubiyatga uchramagan “Alaves” bilan bahs yuritdi. O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan mehmonlar Xoan Xordanning yagona goli evaziga uch ochkoga ega bo‘ldi.

    Shu tariqa, “Atletiko”ning ochko yo‘qotganidan unumli foydalangan Xulen Lopetegi shogirdlari birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

    Qiziqarli faktlar va tur raqamlari

    • Ansu Fatining La Ligada 2 ta gol urishi uchun 3 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Messi bu natijaga erishish uchun 13 ta o‘yin sarflagan edi.
    • Eden Azarning boshqa jamoalardagi (“Lill”,”Chelsi” va Belgiya terma jamoasi) debyuti g‘alaba bilan tugamagan edi. Biroq u mazkur noxush an’anaga “Real”da barham berdi.
    • Karim Benzema La Liga doirasida “Real”ning “Santyago Bernabeu”da urgan so‘nggi 10 ta golidan 7 tasiga mualliflik qildi. Karim shulardan 4 ta golni bosh bilan urdi.
    • Turnir jadvalida dastlabki ikkita o‘rinni egallab turgan “Sevilya” va “Atletiko” jamoalari to‘rtta turda bor-yo‘g‘i beshtadan gol urdi. 10-o‘rindagi “Vilyarreal” esa o‘nta gol urishga erishgan.
    4-turga kelib musobaqada ochko yo‘qotmagan jamoa qolmadi. Uchta jamoa (“Leganes”, “Eybar”, “Xetafe”) g‘alabaga erisha olgani yo‘q. Shuningdek, yana uchta klub durang nimaligini bilmay kelmoqda (“Leganes”, “Levante”, “Atletiko”).

    La Liga

    4-tur bahslari

    13-sentabr, juma

    “Malyorka”—“Atletik” 0:0

    14-sentabr, shanba

    “Real”—“Levante” 3:2

    Gollar: 1:0 — 25 Benzema, 2:0 — 31 Benzema, 3:0 — 40 Kazemiro, 3:1 — 49 Mayoral, 3:2 — 75 Melero

     “Leganes”—“Vilyarreal” 0:3

    Gollar: 0:1 — 26 Xerar Moreno, 0:2 — 39, avtogol Silva, 0:3 — 90 Xerar Moreno

    “Real Sosyedad”—“Atletiko” 2:0

    Gollar: 1:0 — 58 Edegor, 2:0 — 61 Monreal

    “Barselona”—“Valensiya” 5:2

    Gollar: 1:0 — 2 Fati, 2:0 — 7 de Yong, 2:1 — 27 Gameyro, 3:1 — 51 Pike, 4:1 — 61 Suares, 5:1 — 82 Suares, 5:2 — 90 Maksi Gomes

    15-sentabr, yakshanba

    “Valyadolid” — “Osasuna” 1:1

    Gollar: 1:0 — 65 Ervias, 1:1 — 81 Ibanes.

    “Selta” – “Granada” 0:2

    Gollar: 0:1 — 45 Xerman Sanches, 0:2 — 54 Errera.

    “Alaves” — “Sevilya” 0:1

    Gol: 0:1 — 37 Jordan

    “Eybar” — “Espanyol” 1:2

    Gollar: 1:0 — 58 Ramis, 1:1 — 76 Ferreyra, 1:2 — 79 Granero

    “Betis” — “Xetafe” 1:1

    Gollar: 0:1 — 15, penalti Mata, 1:1 — 73, penalti Xoakin

    Musobaqa jadvali

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    To‘purarlar ro‘yxati

    1. Xerar Moreno (“Vilyarreal”) — 5 ta gol
    2. Karim Benzema (“Real”) — 4 ta gol
    3. Lorenso Moron (“Betis”) — 3 ta gol
    4. Luis Suares (“Barselona”) — 2 ta gol
    5. Ansumane Fati (“Barselona”) — 2 ta gol
    6. Antuan Grizmann (“Barselona”) — 2 ta gol
    7. Serxio Gvardiola (“Valyadolid”) — 2 ta gol
    8. Roxer Marti (“Levante”) — 2 ta gol
    9. Garet Beyl (“Real”) — 2 ta gol

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    16.09.2019, 23:57   Izoh (0)   39511
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik shaxmatchi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

    16.09.2019, 21:59

    Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

    16.09.2019, 21:31

    Ronaldu marhum otasi haqidagi videoni ko‘rib yig‘lab yubordi (video)

    16.09.2019, 16:02

    Bobousmon Boturov Jahon chempionatidagi debyut jangida g‘alaba qozondi

    16.09.2019, 15:38

    O‘zbekistonlik ikki bokschi bugun Jahon chempionatida ringga ko‘tariladi

    16.09.2019, 12:49

    “Inter” va “Milan” “Manchester Yunayted” futbolchisi uchun kurash olib boradi

    15.09.2019, 23:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.