O‘zbekistonda onlayn rejimida kuzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan virtual kassalar onlayn nazorat kassa mashinalari qatorida joriy etiladi.
Tadbirkorlar onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlarning onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkazish jadvali quyidagicha:
- Alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, benzin, dizel va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar 2020-yil 1-yanvargacha;
- O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi 5 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlar 2020-yil 1-avgustgacha;
- O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi 100 million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlar 2021-yil 1-yanvargacha;
- Qolgan barcha tadbirkorlar 2022-yil 1-yanvarga qadar.