Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Sudlanuvchi Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalarida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
“Sud jarayoni davom etmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati axborotida.
Ma’lumot uchun, Said-Abdulaziz Yusupov 1982-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlangan, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
U 2019-yil may oyida qo‘lga olingan edi.
Mavzuga doir:
- Ijtimoiy tarmoqlarda Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishidan oldin yozib qoldirgan video murojaati paydo bo‘ldi
- Bosh prokuratura Said-Abdulaziz Yusupov qiynoqqa solinganini rad etdi
- Said-Abdulaziz Yusupov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va uning tanasida biror-bir qiynoq alomatlari aniqlanmadi
- Said-Abdulaziz Yusupov o‘zi rahbarlik qilgan fondning millionlab mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda
- Nega Said-Abdulaziz Yusupovning rafiqasi va advokatining gaplari Bosh prokuratura bayonotlaridan farq qilmoqda? Mas’ullar izoh berdi