Sankt-Peterburg politsiyasi o‘zi bilan birga yashovchi ayolni pichoqlab o‘ldirgan 43 yashar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi.
Hodisa 6-sentabr, juma kuni Bolshoy Pushkarskiy ko‘chasidagi uylardan birida yuz bergan. O‘zbekistonlik ishsiz shaxs to‘satdan yuzaga kelgan mojaro asnosida ayolga pichoq bilan tashlangan.
Marhuma 40 yoshda bo‘lgani aytilmoqda. Uning qay millatga mansubligiga aniqlik kiritilmagan.