Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 9-sentabr, dushanba kuni o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etdi.
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etib, nursiz durang qayd etdi.
Ma’lumot uchun, 10-sentabr kuni JCh—2022 2-bosqich saralash o‘yinlarining 2-turi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda O‘zbekiston dam oladi. Qayd etish joiz, mamlakat bosh jamoasi ilk turda Falastinga 0:2 hisobida yutqazgandi.
O‘rtoqlik o‘yini
9-sentabr, dushanba
O‘zbekiston — Iroq 0:0
O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 4.Farruh Sayfiyev, 15.Yegor Krimets (Doston Tursunov, 73), 20.Islom To‘xtxo‘jayev, 6.Davron Hoshimov, 7.Odiljon Hamrobekov, 18.Aziz G‘aniyev, 19.Quvondiq Ro‘ziyev (Dostonbek Hamdamov, 62), 23.Sanjar Shoahmedov (Oston O‘runov, 64), 10.Jaloliddin Masharipov (Doston Ibragimov, 75), 14.Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 57).Iroq: 20.Muhammad Hamid, 3.Mustafo Muhammad, 6.Najim Shvan, 7.Mohanad Abdulrahim, 11.Humam Tariq, 13.Bashar Resan (21.Alaa Abbos, 75), 14.Amjed Atvan, 15.Durgam Ismoil, 16.Osama Jabbor, 22.Rebin G‘arib (4.Suad Notiq, 88), 23.Maytam Jabbor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!