Tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi AQSh ochiq chempionatida final uchrashuvi 8-sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
US Open’ning hal qiluvchi o‘yinida 33 yoshli Rafael Nadal 23 yoshli rossiyalik tennischi Daniil Medvedevga qarshi bahs olib bordi. Besh soatdan oshiq davom etgan uchrashuvda ispaniyalik tennischining qo‘li baland keldi.
Shu tariqa, jahonning ikkinchi raqamli raketkachisi faoliyatida “Ulkan toj” tasnifiga kiruvchi 19-sovrinni qo‘lga kiritdi. Ispan bu borada rekordchi Rojer Federerdan bitta sovringa ortda qolmoqda.
Ma’lumot uchun, musobaqaning sovrin jamg‘armasi 57 million dollarni tashkil etdi.
US Open
Nyu-York, AQSh
Final
Rafael Nadal (Ispaniya) — Daniil Medvedev (Rossiya) 3:2
7:5 | 6:3 | 5:7 | 4:6 | 6:4Yanada ko‘proq tennis va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!