O‘zbekiston terma jamoasi va olimpiya terma jamoasi 9-sentabr, dushanba kuni o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi.
Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida Iroq terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. 10-sentabr kuni JCh—2022 2-bosqich saralash o‘yinlarining 2-turi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda O‘zbekiston dam oladi va FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etilgan.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa Eronga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. 6-sentabr kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yin o‘zbekistonliklarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Bu safar Lyubinko Drudlovich shogirdlari “Paxtakor” stadionida forslarga qarshi maydonga tushadi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
O‘zbekiston — Iroq 21:00
O‘zbekiston OTJ — Eron OTJ 19:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!