UFC prezidenti Deyna Uayt UFC 242 musobaqasi asosiy jangi g‘olibi kimga qarshi oktagonga chiqishini ma’lum qildi.
Kechaning asosiy jangi Habib Nurmagomedov hamda Dastin Porye o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
“Agar Toni Fergyuson tayyor bo‘lsa, navbatdagi jang uniki bo‘ladi. Toniga shunday imkoniyat allaqachon taklif etilgan. Mabodo Toni aniq tayyorligini ma’lum qilsa, u holda Habib—Porye jangi g‘olibiga qarshi oktagonga chiqadi”, — deydi Uayt.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)