• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident topshirig‘i: O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yagona markaz barpo etiladi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-sentabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilganidek, keyingi yillarda bu borada ham juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Sohani boshqarishni takomillashtirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi. 2019—2023-yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini o‘tkazish tizimi joriy etildi.

    Besh tashabbus hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida sport obyektlari ishga tushirilib, yoshlar sportga faol jalb etilmoqda. Olimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari g‘olibi bo‘lgan 204 nafar sportchi tuman va shaharlarga biriktirildi, ayrimlarining sport maktablari ochildi.

    O‘zbekiston vakillari o‘tgan yilgi Osiyo o‘yinlarida jami 70 ta, jumladan, 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallagan edi.

    Joriy yilning o‘tgan davrida esa xalqaro musobaqalarda jami 442 ta, jumladan 145 ta oltin, 134 ta kumush va 163 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.

    Yig‘ilishda bundan keyingi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, buning uchun joylarda zarur sharoit yaratish masalalari muhokama etildi.

    2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ahvoli qoniqarli emasligi, qator sport federatsiyalari va hokimliklar yuqori natijalarni ta’minlaydigan sportchilarga sharoit yaratishga yetarlicha e’tibor bermayotgani tanqid qilindi.

    Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga saralab olingan sportchilarning yaqin oylarda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda yuqori o‘rin egallab, Olimpiadaga litsenziyani qo‘lga kiritishlari uchun yanada keng shart-sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Albatta, moddiy-texnik baza muhim. Lekin natijani iqtidorli sportchi ta’minlaydi. Bunday yoshlarni topish uchun esa kuchli seleksiya tizimi zarur.

    Ammo joylarda tashkil etilayotgan musobaqalar soni va saviyasi hozircha talabga javob bermaydi. Misol uchun, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi 131 ta shahar va tumanda joriy yilgi musobaqalarni moliyalashtirishga mahalliy budjetdan mablag‘ ajratilmagan. Yoki respublika miqyosida o‘tkazilgan 230 ta musobaqada ayrim shahar va viloyat jamoalari umuman ishtirok etmagan. Bu milliy terma jamoalar tarkibiga mahoratli sportchilarni saralab olishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois yig‘ilishda har bir hududdagi sport muassasalarini xatlovdan o‘tkazib, sport zaxirasini shakllantirish, seleksiya va iqtidorli sportchilarni tanlab olish tizimini yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

    “Ma’lumki, sportchilarning tez tiklanib olishlari uchun farmakologik ko‘mak zarur. Lekin, yurtimizda sport farmakologiyasi bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, yangi dori vositalarini yaratish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Bu sohada malakali mutaxassislar ham yo‘q. Ko‘pchilik atletlar doping bo‘lmagan qanday moddalardan foydalanish mumkinligini bilmaydi.

    Sport federatsiyalarining birortasida ham terma jamoa a’zolarining musobaqaga tayyorgarligi va tiklanish jarayonini monitoring qilish bo‘yicha kompleks laboratoriya mavjud emas.

    Shulardan kelib chiqib, tegishli vazirliklarga sport farmakologiyasini rivojlantirish, sport federatsiyalarida ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.

    Xorijiy davlatlar tajribasi asosida Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yagona markaz barpo etish taklifi ilgari surildi.

    Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Respublika sport tibbiyoti markazi faoliyatini takomillashtirish, bu boradagi o‘quv dasturlari va metodologiyani yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Videselektorda aholini, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Bunda, avvalo, umumta’lim maktablaridagi sharoit katta o‘rin tutadi. Lekin maktablarda o‘quvchilar jamoaviy sport o‘yinlariga to‘liq jalb etilmayapti. 2 mingdan ziyod maktabda sport zallari yo‘q, 3 mingdan ortig‘ida esa ta’mirtalab.

    Sportga ixtisoslashgan maktab-internatlarda ham kamchiliklar bor. Masalan, Toyloq, Jizzax, Buxoro, Uchqo‘rg‘on, Denov tumanlari, Namangan, Qarshi va Andijon shaharlaridagi shunday maktablarda sport zali, yotoqxona, o‘quv binolari yetishmaydi.

    Bolalar-o‘smirlar, Olimpiya zaxiralari va oliy sport mahorati maktablari trenerlarining oylik ish haqi umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga nisbatan deyarli 2 barobar past. O‘z navbatida, trenerlarning 51 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega, 2 mingdan ortiq oliy ma’lumotli murabbiylarga ehtiyoj mavjud.

    Oliy ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari talabalarning qariyb 50 foizini qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, amalda 21 foiz talaba-yoshlar sport tadbirlariga qatnashmoqda.

    Umuman olganda, mamlakat bo‘yicha 12 mingdan ortiq sport inshooti mavjud bo‘lsa, ularning bir kunlik quvvati qariyb 1,5 million kishini tashkil etadi. Ya’ni, aholiga nisbatan sport inshootlari bilan ta’minlanish darajasi 4,5 foizdan oshmaydi. Xususan, bu ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 3,4 foiz, Surxondaryo viloyatida 3,5, Andijon viloyatida 3,7 foizdir.

    “Bunday ahvolda sportni qanday qilib ommalashtirish mumkin?”, deya savol qo‘ydi Prezident.

    Yig‘ilishda shu kabi muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, buning uchun zarur mablag‘ va resurslar yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

    Umumta’lim muassasalarida sport obyektlari qurish va ta’mirlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash, ixtisoslashgan maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari belgilandi.

    Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport musobaqalari va jismoniy tarbiya fanidan olimpiada tashkil qilib, ularda g‘olib bo‘lganlarni oliy ta’lim muassasalariga kvotadan tashqari imtiyozli asosda qabul qilish hamda ularga sport toifasi berish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bunday yoshlarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ish haqiga qo‘shimcha ustama, yuqori toifa va unvonlar berish taklif etildi.

    Soha uchun kadrlar tayyorlash qamrovini kengaytirish, intensiv malaka oshirish platformasini yo‘lga qo‘yish, murabbiylarga talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

    Oliy ta’lim muassasalarini imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqqan holda, ma’lum bir sport turlariga ixtisoslashtirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish barobarida sport federatsiyalari bilan hamkorlik orqali professional sportga mahoratli yoshlarni saralash imkonini beradi.

    Mutasaddilarga oliy ta’lim muassasalari va tuman (shahar)larni aniq sport turlariga ixtisoslashtirish, yuqori sport natijalariga erishgan yoshlarni va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha mutasaddilari va hokimlar axborot berdi.

    04.09.2019, 23:33   Izoh (0)   38248
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona IIBB sobiq boshlig‘i Donald Trampga maktub yozdi

    04.09.2019, 23:18

    Poytaxtdagi maktablardan birining yonida haydovchilar uchun nostandart ogohlantirish belgisi o‘rnatildi

    04.09.2019, 22:57

    Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxslar ustidan sud boshlandi 

    04.09.2019, 22:36

    Joriy yilda Umra mavsumi 20-sentabrdan boshlanadi

    04.09.2019, 22:15

    O‘zbekistonda 2019-yilning 8 oyi davomida 7439 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Ushbu yong‘inlarda 76 nafar inson halok bo‘ldi

    04.09.2019, 21:56

    Qashqadaryo hokimi Kosondagi maktabda dars o‘tdi va madhiya kuyladi

    04.09.2019, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00

    “Uyda yolg‘iz” filmida ko‘pchilik payqamagan mantiqsiz xatoliklar (foto)

    Kino | 19 iyul, 14:35

    Davlat granti qaysi taʼlim yo‘nalishlariga ko‘p ajratilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 14:03

    Yozgi transfer oynasida eng ko‘p xarajat qilgan klublar: “Chelsi” yetakchi, “Liverpul” va “Real” ham undan qolishmayapti

    Sport | 19 iyul, 13:30

    Britaniya Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga “yuqori narx chegarasi”ni pasaytirish bo‘yicha qaroriga qo‘shildi

    Dunyo | 19 iyul, 13:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.