“Arsenal”ning armanistonlik futbolchisi Genrix Mxitaryan faoliyatini Rimning “Roma” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Italiya klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Rim klubi 30 yoshli futbolchini 2019/20-yilgi mavsum so‘ngiga qadar 3 million yevro evaziga ijaraga oldi.
Londonliklar Mxitaryanning “Roma”dagi ishtirokiga qarab, yana 100 ming yevro bonusga ega bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Genrix 2018-yil yanvarida “Manchester Yunayted”dan Aleksis Sanches transferi doirasida London klubiga o‘tgandi.
U o‘tgan mavsum APLda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)