• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Barselona” 8-o‘rinda, “Real” yana ochko yo‘qotdi va “Atletiko”ning kambeki. La Ligada tur tafsilotlari

    Dam olish kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 3-turi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” 30-avgustdan 1-sentabrga qadar kechgan o‘yinlar tafsiloti bilan tanishtirib o‘tadi.

    “Sevilya” — “Selta”

    Foto: Twitter/@SevillaFC

    Foto: Twitter/@SevillaFC

    Tur juma oqshomida yetakchi “Sevilya” ishtirokidagi o‘yin bilan start oldi. Sevilyaliklar o‘z maydonida “Selta”ni qabul qildi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari qiziqarli ruhda o‘tdi. Dastlab 81-daqiqada Franko Vaskes maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay ushbu transfer oynasida vigoliklar safiga qo‘shilgan Denis Suares muvozanatni tikladi.

    Shu tariqa, o‘tgan ikki turda 100 foizlik natija qayd etgan Xulen Lopetegi shogirdlari uchinchi turga kelib ochko yo‘qotdi va musobaqa jadvalida uchinchi o‘ringa tushib qoldi.

    “Osasuna” — “Barselona”

    Foto: Twitter/@FCBarcelona_es

    Foto: Twitter/@FCBarcelona_es

    Yana bir qiziqarli bahs Pamplonada bo‘lib o‘tdi. Jarohatlar sabab bir qator yetakchilaridan ayrilgan “Barselona” “Osasuna” maydonida mehmon bo‘ldi. Avvaliga mezbonlar 7-daqiqada Roberto Torresning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga katalonlar ikkinchi bo‘lim debyutida javob qaytardi, 51-daqiqada 16 yoshli Ansumane Fati hisobni tenglashtirdi. Natijada Fati “Barselona” safida La Ligada gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

    64-daqiqada esa Artur Melo o‘zining aniq zarbasi bilan “Barselona”ning ikkinchi golini urdi. O‘yin oxirlab borayotgan bir vaqtda hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Uni Torres aniq amalga oshirgan holda jamoasiga g‘alabaga teng durangni taqdim etdi.

    Ta’kidlash joiz, mazkur o‘yinda “ko‘k-anorranglilar” Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembele kabi yetakchilar xizmatidan foydalana olmadi. Ernesto Valverde shogirdlari uch turdan keyin bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

    “Atletiko” — “Eybar”

    Foto: Twitter/@Atleti

    Foto: Twitter/@Atleti

    “Atletiko” bu turda o‘z maydonida “Eybar” bilan kuch sinashdi. O‘yin kutilmagan ssenariy ostida boshlandi. Dastlab mehmonlar Sharles va Anayts Arbilyaning gollaridan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga “matraschilar” birinchi bo‘limda Joau Feliksning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

    Ikkinchi bo‘lim boshida Vitolo muvozanatni tiklashga erishdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasi o‘tib borayotgan bir vaqtda Tomas Parti “Eybar” jarima maydoni ichida ajoyib harakat qilib, madridliklarga uch ochko taqdim etgan golga muallif bo‘ldi.

    Shu tariqa, Diyego Simeone shogirdlari La Liga ushbu mavsumida ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda va turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

    “Vilyarreal” — “Real Madrid”

    Foto: Twitter/@laliga

    Foto: Twitter/@laliga

    Turning so‘nggi o‘yinida “Real” safarda “Vilyarreal”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvni yaxshi boshlagan madridliklar 12-daqiqada Serxio Ramosning xatosidan keyin gol o‘tkazib yubordi. Shundan keyin tashkil etilgan bir qator hujumlar tanaffus arafasida samara berdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Garet Beyl hisobni tenglashtirishga erishdi.

    Ikkinchi bo‘limda ham maydon egalari kam sonli hujumlardan birini gol bilan yakunladi. 74-daqiqada Moyses Gomes yana mezbonlarni oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Beyl qoyilmaqom zarbasi bilan muvozanatni tikladi.  Uchrashuv keskinlik va qo‘polliklarga boy bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Beyl ikki daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatildi.

    Bu turdan keyin FIFA kunlarining boshlanishi ko‘pchilik klublar qatori Zinedin Zidan jamoasiga ham qo‘l keladigan ko‘rinadi. Ikki haftadan keyin boshlanadigan 4-tur uchrashuvlariga qadar bir qator jarohatdagi futbolchilar safga qaytishi kutilmoqda. Xabaringiz bor, so‘nggi bir oy ichida madridliklarning sakkizta futbolchisi jarohat sabab safdan chiqdi.

    Tur raqamlari

    Ushbu turda jamoalar jami 29 ta gol urishga erishdi va hech qaysi o‘yinda nursiz durang qayd etilmadi. Bir o‘yinda yirik hisob qayd etilgan bo‘lsa, to‘rtta uchrashuvda jamoalar murosa yo‘lini tanladi.

    Hozirgacha faqat “Atletiko” turnir jadvalida yo‘qotishsiz kelmoqda. Shuningdek, bitta jamoa (“Leganes”) hali ochko to‘play olgani yo‘q. Ortda qolgan uchta turda ham gollar hisobini ocha olmagan jamoa “Espanyol” bo‘lib turibdi.

    La Liga

    3-tur bahslari

    30-avgust, juma

    “Sevilya” — “Selta” 1:1

    Gollar: 1:0 — 81 Vaskes, 1:1 — 84 Denis Suares.

    “Atletik” — “Real Sosyedad” 2:0

    Gollar: 1:0 — 11 Uilyams, 2:0 — 28 Raul Garsiya.

    31-avgust, shanba

    “Osasuna”—“Barselona” 2:2

    Gollar: 1:0 — 7 Roberto Torres, 1:1 — 51 Fati, 1:2 — 64 Artur, 2:2 — 81, penalti, Roberto Torres

    “Xetafe”—“Alaves” 1:1

    Gollar: 1:0 — 24 Molina, 1:1 — 31 Xoselu

    “Levante”—“Valyadolid” 2:0

    Gollar: 1:0 — 83 Leon, 2:0 — 90 Morales

    “Betis”—“Leganes” 2:1

    Gollar: 0:1 — 50 Breytueyt, 1:1 — 54 Moron, 2:1 — 61 Fekir

    1-sentabr, yakshanba

    “Valensiya”—“Malyorka” 2:0

    Gollar: 1:0 — 43, penalti Parexo, 2:0 — 57, penalti Parexo

    “Atletiko”—“Eybar” 3:2

    Gollar: 0:1 — 7 Sharles, 0:2 — 19 Arbilya, 1:2 — 27 Joau Feliks, 2:2 — 52 Vitolo, 3:2 — 90 Tomas

    “Espanyol”—“Granada” 0:3

    Gollar: 0:1 — 13 Puertas, 0:2 — 68 Fernandes, 0:3 — 74 Aziz

    “Vilyarreal”—“Real” 2:2

    Gollar: 1:0 — 12 Jerar Moreno, 1:1 — 45 Beyl, 2:1 — 74 Moyses Gomes, 2:2 — 86 Beyl

    Musobaqa jadvali

    Foto: Twitter/@laliga

    Foto: Twitter/@laliga

    To‘purarlar ro‘yxati

    1. Lorenso Moron (“Betis”) — 3 ta gol
    2. Xerar Moreno (“Vilyarreal”) — 3 ta gol
    3. Karim Benzema (“Real”) — 2 ta gol
    4. Antuan Grizmann (“Barselona”) — 2 ta gol
    5. Serxio Gvardiola (“Valyadolid”) — 2 ta gol
    6. Roxer Marti (“Levante”) — 2 ta gol
    7. Vitolo (“Atletiko”) — 2 ta gol

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

     

    02.09.2019, 18:21   Izoh (0)   16778
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    FIFA The Best sovriniga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi

    02.09.2019, 16:33

    O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi yarim finaliga qur’a tashlandi

    02.09.2019, 16:23

    “Napoli” navbatdagi transferini e’lon qildi

    02.09.2019, 15:06

    Eldor Shomurodov RPLning avgust oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlik qilmoqda

    02.09.2019, 14:45

    Beyl “Real”ning legioner to‘purarlari ro‘yxatida Ronaldoga yetib oldi

    02.09.2019, 13:10

    Pogba “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini uzaytirmaydi

    01.09.2019, 23:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.