O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya chempionati 8-turi doirasidan o‘rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi bahsda 2 ta gol urishga erishdi.
“Rostov” vakili uchrashuvdan keyin fikrlari bilan bo‘lishdi.
“Dastlabki 30 daqiqa asabiy kechdi. Hammamiz o‘yin qiyin bo‘lishi va 6 ochko uchun kechishini bilardik. Yarim soatlardan keyin jamoamiz o‘ziga bo‘lgan ishonchni sezda va kerakli natija uchun oldinga tashlandi. To‘purarlar poygasini kuzatib boryapman. Albatta, jamoamga yordam berishni va chempionat to‘purari bo‘lishni istayman”, — deydi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, Shomurodov 8-turdan so‘ng 7 ta gol bilan Rossiya chempionatida to‘purar bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)