Britaniyalik jurnalistlar “Manchester Yunayted” klubining so‘nggi 19 yil ichidagi eng omadsiz 10 ta transferini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatning yuqori pog‘onasidan yaqinda ijara asosida “Inter”ga o‘tgan Aleksis Sanches o‘rin olgan. Ro‘yxtani “Shaxtyor”dan sotib olingan Fred yakunlab bergan.
“Manchester Yunayted”ning omadsiz 10 ta transferi:
- Aleksis Sanches (“Arsenal”dan Genrix Mxitaryanga almashtirilgan);
- Anxel Di Mariya (“Real”dan, 60 million funt);
- Xuan Sebastian Veron (“Latsio”dan, 28,1 million);
- Radamel Falkao (“Monako”dan ijaraga, 6 million);
- Bebe (“Vitoriya”dan, 7,4 million);
- Kleberson (“Atletiko Paranaense”dan 6 million);
- Bastian Shvaynshtayger ( “Bavariya”dan, 6 million);
- Memfis Depay (PSVdan 25 million);
- Erik Jemba Jemba (“Nant”dan, 3,5 million);
- Fred (“Shaxtyor”dan, 52 million).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)