• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Anchelotti Sarriga, Mertens esa Ronalduga qarshi. “Yuventus”—“Napoli” to‘qnashuvi haqida

    Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Turindagi “Alyans Stedium” mezbonlik qiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Unda amaldagi chempion “Yuventus” Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” bilan bahsga kirishadi. Xo‘sh, turning markaziy uchrashuvi haqida bizga nimalar ma’lum? Bugungi bahs haqiqiy futbol spektaklini muxlislarga taqdim eta oladimi?

    “Yuventus”

    “Yuventus” yangi mavsumni yangi bosh murabbiy — Mauritsio Sarri qo‘l ostida g‘alaba bilan boshladi. Turinliklar ilk turda “Parma” mehmoni bo‘lib, jamoa sardori Jorjio Kyellini tomonidan urilgan yagona gol evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ne baxtki, Sarri bosh murabbiyga aylangan bo‘lsa-da, o‘tgan bahsdagi kabi hozirda u jamoa o‘yinini tribunadan kuzatishga majbur. Italiyalik mutaxassis zotiljam kasalligi bilan og‘rigani ma’lum bo‘ldi. U hozircha zaxira o‘rindig‘ida ko‘rinish bermaydi. Bundan tashqari o‘tgan o‘yindagi g‘alaba goli muallifi Kyellini ham jarohatga yo‘liqdi. Futbolchi tizzasidan og‘ir jarohat olgan va u tez orada jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazishi kutilmoqda. Jamoa sardorining o‘rnini kattagina mablag‘ evaziga sotib olingan Matteys de Ligt bildirmaslikka harakat qilishi tabiiy. Qayd etish joiz, niderlandiyalik himoyachi 1-turda zaxirada qoldirilgandi. O‘tgan o‘yinda VAR tufayli goli hisobga olinmagan Krishtianu Ronaldu esa sobiq ustozi Anchelottining jamoasiga qarshi ikki hissa kuch bilan harakat qilishiga shubha yo‘q. Umuman olganda, Turin klubi tarkibida yo‘qotishlar o‘rnini bildirmaydigan kadrlar yetarlicha topiladi. Shunday ekan, klub muxlislari xavotir olmasa ham bo‘ladi.

    “Napoli”

    Karlo ota shogirdlari ham yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Ammo klub ilk turdayoq qattiq ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Florensiyadagi bahsda muxlislar naq 7 ta golning guvohi bo‘ldi. “Napoli” “Fiorentina”ga qarshi bahsda 4:3 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Shu kuni neapolliklarning hujum triosi: Mertens—Kalyexon—Insinye jamoasining joniga oro kirdi. Anchelotti jamoasida sezilarli yo‘qotishlar yo‘q. Himoya qo‘rg‘oni Kalidu Kulibali hamda “Roma”dan xarid qilingan Kostas Manolasga ishonib topshirilishi haqiqatga 99 foiz yaqin. Maydon markazida esa braziliyalik Allan va Pyotr Zyelinski kurashga shay bo‘lib turibdi. Neapollik muxlislar hujum uchligidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. “Napoli” turinliklarga qarshi bahsda faqatgina yaqinda jarohatga yo‘liqqan markaziy hujumchi Arkadiush Milikning xizmatlaridan foydalana olmaydi.

    Taxminiy tarkiblar

    “Yuventus”: Shesni — De Shilyo, De Ligt, Bonuchchi, Aleks Sandro — Rabio, Pyanich, Xedira — Ronaldu, Iguain, Kosta

    “Napoli”: Meret — Di Lorenso, Manolas, Kulibali, G‘ulom — Allan, Zyelinski, Ruis — Kalyexon, Insinye, Mertens

    Qiziqarli faktlar

    • “Yuventus”ning A Seriya doirasida o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasi 21 taga yetdi
    • A Seriya doirasidagi so‘nggi 6 ta o‘yinda “Napoli” kamida 2 tadan gol urmoqda.
    • Jamoalar shu vaqtga qadar barcha musobaqalar doirasida 161 marta o‘zaro to‘qnash kelgan
    • Shulardan 75 tasida “Yuventus” g‘alaba qozongan, 35 ta o‘yinda esa “Napoli”ning qo‘li baland kelgan. 51 ta bellashuvda esa tomonlar durangga rozi bo‘lgan.
    • To‘plar nisbati “Yuventus” foydasiga 242-180
    • Tomonlar o‘rtasidagi eng yirik hisobdagi durang: 3:2
    • Tomonlar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar: 3:5, 2:6, 5:3
    • “Yuventus”ning “Napoli” ustidan eng yirik g‘alabalari: 6:2, 4:0
    • “Napoli”ning “Yuventus” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi: 5:1.
    • O‘tgan mavsum A Seriya doirasida “Yuventus” neapolliklarni o‘z maydonida 3:1, safarda esa 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

    A Seriya

    2-tur bahsi

    31-avgust, shanba

    “Yuventus”—“Napoli” 23:45

    Bosh hakam: Daniele Orsato

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    31.08.2019, 17:12   Izoh (0)   17123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks. Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqalarning o‘tkazilish sanasi va hududi ma’lum bo‘ldi

    31.08.2019, 14:17

    “Atletik” hujumchisi ketma-ket maydonga tushish bo‘yicha XXI asrdagi eng yaxshi natijani qayd etdi

    31.08.2019, 13:44

    Mauro Ikardi “Inter”ni sudga berdi

    31.08.2019, 12:52

    Pogba yo‘q, Brunu esa bor. “Real” 70 mln yevroga portugaliyalik futbolchini sotib oladigan bo‘ldi

    31.08.2019, 11:18

    Messi jarohat sabab “Barselona”ning navbatdagi o‘yinini ham o‘tkazib yuboradi

    31.08.2019, 10:39

    Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi (video)

    31.08.2019, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30

    AQSHda migrantlarni joylashtirish uchun chodir shaharlar quriladi

    Dunyo | 20 iyul, 08:10

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.