Ispaniyalik 33 yoshli himoyachi Nacho Monreal Londonning “Arsenal” klubini tark etdi.
“To‘pchilar”ning Twitter’dagi sahifasida xabar berilishicha, Nacho faoliyatini “Real Sosyedad” klubida davom ettiradi. Transfer summasi oshkor etilmagan.
“Senga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz. “Arsenal”da o‘tkazgan yillaring uchun tashakkur bildiramiz”, — deyiladi klub xabarida.
Futbolchi “Arsenal” safida 6 mavsumni o‘tkazdi. U bu orada klub bilan 3 martadan Angliya Kubogi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. U shu davr mobaynida klub safida 251 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi.
Izoh (0)