• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura “Andijoncha spektakl” bo‘yicha ayrim shaxslar jazolangani, mansabdorlar ogohlantirilganini aytdi, biroq ularning kimligini oshkor etmadi

    “Andijoncha spektakl” — bu shunchaki bir necha ayolning aldanishi emas. Bu yerda bir emas, bir necha qonunlarning tizimli buzilishi, fuqarolarning haq-huquqlari muntazam ravishda poymol etilishi va eng yomoni, ayrim mansabdorlar xalq bilan birga Prezidentning ham oldida ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik qilishdan qo‘rqmasligi bilan bog‘liq hodisadir va u jabrlanuvchi ayollarni shunchaki uy bilan ta’minlash bilan hal bo‘lib qolmaydi. Bunda qonun buzilishi holatlari takrorlanmasligi uchun aniq ko‘rsatib o‘tilishi va ularni qat’iy barataf etish choralari ko‘rilishi, qonunbuzarlar esa qonunda belgilangan aniq jazosini olishi va bu ham ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Lekin unday bo‘lmayapti.

    Andijon viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova uy-joyga muhtoj ayollar bilan yangi uylarda (2019-yil mart).

    Andijon viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova uy-joyga muhtoj ayollar bilan yangi uylarda (2019-yil mart).
    Foto: “Daryo”

    Andijonda qanday “spektakl” qo‘yilgandi?

    Tarixi 2018-yilda boshlanib, “pishib-yetilib” turgan vaziyat Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil may oyida Andijon viloyatiga qilgan safaridan so‘ng “portlagan”. Andijondagi “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi”da ishlagan bir guruh ehtiyojmand ayollarga yangi qurilgan kottejlar berilishi va’da qilingan, xuddi shu va’da bilan ulardan televideniye uchun intervyular olingan, Prezident viloyatga kelgan vaqtda esa ularning ayrimlari hatto shu kottejlarga ko‘chirilgan ham.

    Ammo davlat rahbari Toshkentga qaytib ketgach, ayollardan faqat biri — Prezident bilan bevosita suhbatlashganiga kottej nasib etgan, qolganlari esa keyinroq yangi qurilayotgan ko‘p qavatli arzon uy-joydan kvartira berilishi va’dasi bilan kottejlardan olib chiqilgan. Bu vaziyatda o‘zini aldangan his qilgan ayollardan biri — Xurshida Tillayeva “Ozodlik”ga videomurojaat yo‘llagan. Uning ketidan esa boshqa ayollar, xususan, Muyassar Rahimova va Shohista Bakirova Andijonda Prezident oldida “spektakl” qo‘yilgani haqida gapirib chiqqan.

    Keyinchalik Xurshida Tillayeva matbuot bilan muloqot olib borishdan bosh tortdi, Muyassar Rahimova va Shohista Bakirova “oxirigacha kurashishi”ni bildirib, bir necha bor Toshkentda, mutasaddilar oldida bo‘ldi. Bosim ostida qolgan Muyassar Rahimova bu orada o‘z joniga qasd qilishga ham ulgurdi.

    Xurshida Tillayeva farzandlari bilan.

    Xurshida Tillayeva farzandlari bilan.
    Foto: “Daryo”

    Bosh prokuraturaning Andijondagi “ko‘zbo‘yamachilik” bo‘yicha 15-iyundagi axboroti

    Bosh prokuratura tomonidan Andijon shahrida bir necha ayollarni bepul kottej olganligi to‘g‘risida intervyu berishga majburlangani haqida OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan hamda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan xabarlardagi vajlar o‘rganib chiqildi.

    O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, ehtiyojmand shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Xo‘jaobod massivida 2 sotixli jami 592 ta kottej qurilishi yakuniga yetkazilgan.

    Joriy yilning fevral-mart oylarida viloyat hokimligining mas’ul shaxsi ‘Mustaqillik tikuvchilik majmuasi’ MChJning uy-joyga muhtoj bo‘lgan 6 nafar ishchisiga (X.Tillayeva, M.Rahimova, Sh.Bakirova, X.Ermatova, Z.Abduvaliyeva va D.Xojimatova) mazkur hududda qurilayotgan kottejlardan ularga sovg‘a sifatida bittadan berilishini ma’lum qilgan.

    Keyinchalik ‘O‘zbekiston 24’ telekanali orqali 2019-yil 31-mart, 3-may va 16-may kunlari yuqoridagi ishchilar ishtirokida ularga sovg‘a sifatida kottej berilganligi haqida lavhalar ko‘rsatilgan, 16-may kuni ular oila a’zolari bilan birga ushbu kottejlarga kiritib qo‘yilgan.

    Davlat rahbari tashrifi doirasida faqat ishchilardan biriga (D.Xojimatova) kottej sovg‘a qilingan. Tashrifdan so‘ng viloyat hokimligi mas’ul shaxsining talabiga binoan qolgan 5 nafar ishchi (X.Tillayeva, M.Rahimova, Sh.Bakirova, X.Ermatova va Z.Abduvaliyeva) qurilayotgan 4 qavatli uylardan xonadon ajratish va’da qilingan holda kottejlardan ko‘chirilgan.

    Shundan so‘ng, ular qator davlat tashkilotlariga murojaat qilgan, X.Tillayevaning hokimiyat ularni aldaganligi haqidagi murojaati ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan.

    Ularning murojaatlaridan so‘ng, 22.05.2019-yilda ‘Mustaqillik tikuvchilik majmuasi’ MChJ tomonidan ularning ish haqlari va korxona daromadlari hisobidan 4 qavatli uy-joy uchun dastlabki badal to‘lovi o‘tkazilgan.

    Shunday qilib, o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari 5 nafar ehtiyojmand ishchiga kottej berilishini va’da qilib, ulardan bu haqda ommaviy axborot vositalariga intervyular olinishiga erishib, kottejlarga ularni uy egasi sifatida kiritib qo‘yib, biroq yakunda ularga kottej ajratmasdan, ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygan.

    O‘rganish natijalari yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Andijon viloyat hokimi nomiga zudlik bilan aybdor shaxslarning intizomiy javobgarligi masalasini hal qilish hamda bu kabi holatlarga chek qo‘yish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi”.

    Bosh prokuraturaning Andijondagi “ko‘zbo‘yamachilik” bo‘yicha “Daryo” internet-nashriga 27-avgust kuni bergan axboroti

    “Bosh prokuratura tomonidan fuqaro X.Tillayevaning murojaati ko‘rib chiqilgan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida 11-iyun kuni Andijon viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan. Andijon viloyat hokimligi tomonidan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilangan. O‘rganishda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik haqida viloyat hokimligi mas’ul mansabdor shaxslari ogohlantirilgan”.

    Foto: "O‘zbekiston24"

    Ochiq qolayotgan savollar

    Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan 27-avgust kuni “Daryo”ga taqdim etilgan umumiy gap-so‘zlardan iborat axborot bir qator savollarni keltirib chiqarmoqda:
    • Bosh prokuratura Xurshida Tillayevaning murojaati asosida aynan qanday qonun buzilishi holatlarini aniqlagan?
    • Nega gap faqat Xurshida Tillayevaning murojaati haqida bormoqda? Muyassar Rahimova va Shohista Bakirovaning OAV orqali qilgan chiqishlari, shuningdek, Bosh prokuraturaga qilgan murojaatlari asosida ham tekshiruvlar olib borilganmi, ularning natijalari qanday?
    • Prokuratura kiritgan taqdimnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan shaxslar kim va ularga nisbatan aynan qanday jazo choralari ko‘rilgan?
    • Andijon viloyat hokimligi tomonidan qonun buzilish holatlarining kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan aynan qanday chora-tadbirlar belgilangan va ular qanchalik bajarilyapti?
    • O‘rganishda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik haqida viloyat hokimligining aynan qaysi mas’ul mansabdor shaxslari ogohlantirilgan?
    “Daryo” muxbiri ushbu savollar bilan Bosh prokuratura matbuot xizmati vakillariga takroran murojaat qildi, biroq bu ma’lumotlar “xizmatdan foydalaniladigan hujjatlar bo‘lganligi uchun to‘liq oshkor qilinmasligi” haqida javob oldi. Ushbu voqeaning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, Bosh prokuratura matbuot xizmatining ishga bunday yondashuvini maqsadga muvofiq deb bo‘lmaydi.

    Bundan tashqari, “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi”da ishchi-xodimlar mehnat qonunchiligi normalariga rioya qilmay ishlatilgani, qonunchilik talablari qo‘pol ravishda buzilgani haqida avval xabar berilgan edi. Shuningdek, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bu holatlar o‘rganilishini ma’lum qilgan edi. Ammo “Daryo” o‘tgan ikki oy davomida bu qonun buzilishi holatlari bartaraf etilmaganini aniqladi (bu haqda alohida maqola yaqin kunlarda e’lon qilinadi).

    29.08.2019, 21:39   Izoh (0)   39905
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mustaqillik bayrami tadbirlari davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus o‘quv mashqi o‘tkazildi (foto)

    29.08.2019, 17:25

    O‘zbekiston harbiylari poytaxt sayilgohlaridagi Mustaqillik bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda (foto)

    29.08.2019, 16:49

    Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi ochildi

    29.08.2019, 16:05

    O‘zbekiston valyuta birjasida dollar kursi 9400 so‘mdan oshdi

    29.08.2019, 15:50

    “Judayam yashashni xohlayman”. Jigar sirroziga chalingan Feruza Ramazonova yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

    29.08.2019, 15:18

    Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Eron elchisini qabul qildi

    29.08.2019, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.