• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Chempionlikka da’vogar “Inter”, barqaror “Yuventus” va omadsiz “Milan”. A Seriyada tur tafsilotlari

    24—26-avgust kunlari futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsum 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” kuchli beshlik chempionatlari qatorida A Seriyaning ilk turi tafsilotlarini bir sahifaga jamladi.

    “Parma”—“Yuventus”

    Foto: Twitter/@juventusfc

    Foto: Twitter/@juventusfc

    Turni amaldagi chempion “Yuventus” safarda “Parma”ga qarashi bahs bilan boshlab berdi. Uchrashuvdagi yagona gol (hisoblangan) 21-daqiqada Jorjio Kyellini tomonidan urildi. Qayd etish joiz, Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgan gol VAR orqali hisobga olinmadi. Shu kuni Turin klubi safida yozgi transferlar vaqtida jamoaga kelib qo‘shilgan Adriyen Rabio debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Bundan tashqari ijaradan qaytgan Gonsalo Iguain ham uzoq tanaffusdan so‘ng “Yuventus” tarkibida ilk rasmiy o‘yinda qatnashdi. “Ayaks”dan kosmik summaga xarid qilingan Matteys de Ligt esa zaxirada qoldirildi.

    “Fiorentina”—“Napoli”

    Foto: Twitter/@sscnapoli

    Foto: Twitter/@sscnapoli

    So‘zsiz turning eng qiziqarli uchrashuvi Florensiya shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Fiorentina” yangi mavsum oldidan chempionlikk da’vo qilayotgan Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli”ni qabul qildi. O‘yinda hisobni mezbonlar yetakchisi Erik Pulgar 9-daqiqada penalti orqali ochishga erishdi. 38-daqiqada Dris Mertens o‘zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, jamoasining birinchi goliga assistentlik qilgan Lorenso Insinyening o‘zi gol urishga erishdi. Qayd etish joiz, unga golli uzatmani Dris Mertens berdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Nikola Milenkovich Pulgarning uzatmasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Insinyening navbatdagi uzatmasini bu safar Xose Kalyexon mezbonlar darvozasiga joylab qo‘ydi. 65-daqiqaga kelib, “Fiorentina”ning yangi a’zosi Kevin-Prins Boateng yana jamoasining o‘yindagi so‘nggi golini urdi. 2 daqiqadan keyin esa Kalyexon—Insinye kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi. Shu tarzda Anchelotti shogirdlari safarda oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    “Udineze”—“Milan”

    Foto: Twitter/@acmilan

    Foto: Twitter/@acmilan

    Yangi bosh murabbiy qo‘l ostiga o‘tgan “Milan” uchun mavsum omadsiz boshlandi. Marko Jampaolo shogirdlari ilk turda “Udineze” mehmoni bo‘ldi. O‘yindagi yagona gol 72-daqiqada udineliklar yangi a’zosi Rodrigo Bekao tomonidan kiritildi. Qayd etish joiz, Bekao Moskvaning SSKA klubidan “Udineze”ga o‘tgandi. U o‘zining debyut o‘yinidayoq g‘alabaga golini urdi. Shu kuni milanliklar safida Ismoil Bennaser hamda Rafael Leau o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazdi.

    “Roma”—“Jenoa”

    Foto: Twitter/@OfficialASRoma

    Foto: Twitter/@OfficialASRoma

    Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi Rimda kechdi. “Roma” ham yangi mavsumni yangi bosh murabbiy — Paulu Fonseka qo‘l ostida boshladi. Rimliklar ilk turda “Jenoa”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisobni 6-daqiqada turkiyalik Jengiz Under qoyilmaqom harakatlari evaziga ochdi. 10 daqiqa o‘tib, mehmonlar vakili Pinamoti hisobni tenglashtirdi. 30-daqiqada esa Edin Jekoning aniq zarbasi “Roma”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 49-daqiqada esa Aleksandr Kolarovning jarimadan yo‘llagan kuchli va aniq zarbasi golga aylandi. O‘yindagi so‘nggi golni esa “Jenoa” a’zosi Kuame kiritdi. Shu tariqa tomonlar jangovar durangga imzo chekdi.

    “Inter”—“Lechche”

    Foto: Twitter/@Inter

    Foto: Twitter/@Inter

    Turning so‘nggi bellashuvi esa Antonio Konte qo‘l ostiga o‘tgan “Inter” jamoasi ishtirokida bo‘ldi. “Neradzurrilar” o‘z maydonida “Lechche”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Avvaliga 21-daqiqada xorvatiyalik Marselo Brozovich o‘zining kuchli va aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, mavsum avvalida Kontening ilk xaridiga aylangan Stefano Sensi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida esa uzoq davom etgan transfer serialidan so‘ng “Inter”ga o‘tgan Romelu Lukaku debyut uchrashuvidayoq gol urishga erishdi. O‘yinga yakuniy nuqtani esa 84-daqiqada Antonio Kandreva o‘zining qoyilmaqom goli bilan qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa “Inter” va Antonio Konte mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi.

    Tur raqamlarda

    • 10 ta o‘yinda jami 33 ta gol urildi
    • 5 ta o‘yinda mehmonlar g‘alaba qozondi, 2 ta o‘yinda durang qayd etildi. 3 ta o‘yinda esa mezbonlar yutdi
    • Mehmonlar 17 ta gol urdi, mezbonlar esa 13 ta.
    • Eng yirik hisobdagi g‘alaba: “Inter”da 4:0.
    • Eng ko‘p gol urilgan o‘yin: “Fiorentina”—“Napoli” 7 ta gol.
    • Bitta ham gol ura olmagan o‘yinchilar: “Kalyari”, “Sampdoriya”, “Lechche”
    • Bir yo‘la 4 futbolchi 1-turda dublga erishdi

    A Seriya

    1-tur bahslari

    24-avgust, shanba

    “Parma”—“Yuventus” 0:1

    Gol: 0:1 — 21 Kyellini

    “Fiorentina”—“Napoli” 3:4

    Gollar: 1:0 — 9, penalti, Pulgar, 1:1 — 38 Mertens, 1:2 — 42, penalti, Insinye, 2:2 — 51 Milenkovich, 2:3 — 56 Kalyexon, 3:3 — 65 Boateng, 3:4 — 67 Insinye

    25-avgust, yakshanba

    “Udineze”—“Milan” 1:0

    Gol: 1:0 — 72 Rodrigo Bekao

    “Kalyari”—“Breshia” 0:1

    Gol: 0:1 — 54, penalti Donnarumma

    “Verona”—“Bolonya” 1:1

    Gollar: 0:1 – 15, penalti Sansone, 1:1 – 36 Velozu

    “Roma”—“Jenoa” 3:3

    Gollar: 1:0 — 6 Under, 1:1 — 16 Pinamonti, 2:1 — 30 Jeko, 2:2 — 43, penalti Krishito, 3:2 — 49 Kolarov, 3:3 — 70 Kuame

    “Sampdoriya”—“Latsio” 0:3

    Gollar: 0:1 — 37 Immobile, 0:2 — 56 Korrea, 0:3 — 62 Immobile

    SPAL—“Atalanta” 2:3

    Gollar: 1:0 — 6 Di Franchesko, 2:0 — 26 Petanya, 2:1 — 34 Gosens, 2:2 — 70 Muriel,2:3 — 76 Muriel

    “Torino”—“Sassuolo” 2:1

    Gollar: 1:0 — 14 Zaza, 2:0 — 55 Zaza, 2:1 — 69 Kaputo

    26-avgust, dushanba

    “Inter”—“Lechche” 4:0

    Gollar: 1:0 — 21 Brozovich, 2:0 — 24 Sensi, 3:0 — 60 Lukaku, 4:0 — 84 Kandreva

    Musobaqa jadvali

    Foto: Twitter/@SerieA

    Foto: Twitter/@SerieA

    To‘purarlar ro‘yxati

    1. Luis Muriel (“Atalanta”) — 2 ta gol
    2. Simone Zaza (“Torino”) — 2 ta gol
    3. Chiro Immobile (“Latsio”) — 2 ta gol
    4. Lorenso Insinye (“Napoli”) — 2 ta gol

    27.08.2019, 19:08   Izoh (0)   19549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ektor Kuper: G‘alaba qozonishdan boshqa hech narsani xohlamayman

    27.08.2019, 11:57

    O‘zbekiston terma jamoasi Iroq bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

    27.08.2019, 11:54

    “Borussiya D”ning irodali g‘alabasi va o‘ziga kelgan “Bavariya”. Bundesligada tur tafsilotlari

    27.08.2019, 08:19

    Omadsiz “Real”, kutilmagan yetakchi — “Sevilya”, Messi va Suaressiz qolgan “Barselona”ning g‘alabasi. La Ligada tur tafsilotlari

    26.08.2019, 16:48

    O‘zi uyida tarsaki yegan “Man Yunayted” va “Tottenhem”, karvonboshiga aylangan “Liverpul”, Lempardning ilk g‘alabasi. APLda tur tafsilotlari

    26.08.2019, 16:05

    “Charm to‘p—2019”. Final bosqichi 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

    25.08.2019, 23:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.