O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Jahon Chempionati—2022 saralash o‘yinlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men optimist insonman. Terma jamoa murabbiylarida vaqt muammosi doim bo‘ladi. Ish uchun kam vaqt bor, lekin tez natija qayd etish kerak. Vaziyatdan chiqib ketish lozim. Birinchi navbatda o‘sha davlatning urf-odatlarini o‘rganish kerak.
Barcha narsadan mamnunman, to‘g‘ri O‘FAda o‘zgarishlar bo‘ldi. Ammo biz o‘z yo‘limizda davom etamiz. Lekin o‘zimning xulosam ijobiy. Futbol ham siyosat va iqtisodiyotdek. Hammaga yoqish qiyin. Lekin hozirgi kungacha bo‘lgan narsalardan mamnunman. Albatta, doim muammo bo‘ladi, ammo optimist bo‘lgan holda ishlashda davom etishish kerak. Optimist degani hammani yutamiz degani emas, biroq ishlayapmiz. Ba’zi joylarda o‘zgarishlar kiritdik, hamon o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Qaytaraman optimistman va salbiy narsalar haqida gapirishni xohlamayman. Ertaga jamoa yangi yig‘inni boshlaydi, futbolchilar bilan ko‘rishamiz. Bo‘lgan muammolarni tahlil qilamiz. Xatolardan to‘g‘ri xulosa qilib ishlashimiz kerak.
Men g‘alaba qozonishni istayman, boshqa hech narsa xohlamayman. Barchaga ko‘proq imkoniyat berishga harakat qilamiz, biroq barchaga yoqish qiyin. Men qaysar murabbiy emasman. Hamma takliflarga tayyorman. U takliflarni o‘rganib chiqamiz”, — deydi Ektor Kuper.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)