O‘zbekiston millik terma jamoasi 9-sentabr kuni Iroq termasiga qarshi o‘rtoqlk o‘yini o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda O‘FA.
Sentabr oyida Jahon Chempionati—2022 saralash bosqichi start oladi. “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston termasi 1-tur o‘yinini Falastinga qarshi safarda o‘tkazadi. Mazkur o‘yin 5-sentabr kuni Falastinda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Shunday keyin 10-sentabrda ham guruh ishtirokchilari 2-tur o‘yinlarini o‘tkazadi. Ektor Kuper jamoasi mazkur turda dam oladi. FIFA kunidan unumli foydalanish uchun O‘zbekiston terma jamoasi 9-sentabr kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida Iroqqa qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)