26-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turi doirasida dastlabki 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Namanganning “Navbahor” klubi safarda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yindagi yagona gol 90-daqiqada urildi. Unga Bekobod klubi yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov mualliflik qildi.
Shu tariqa “Navbahor” mehmonda kechgan bahsda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).
Mazkur bahsdan so‘ng “Metallurg” ochkolari sonini 23 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” esa 25 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.
Shu kuni Toshkent derbisida Vadim Abramov qo‘l ostidagi “Bunyodkor” klubi Samvel Babayan boshqaruvidagi “Lokomotiv” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida “temiryo‘lchilar” vakili Arslonmurod Omonov hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqaga kelib “qaldirg‘ochlar” a’zosi Sanjar Tursunov penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Natijada bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 31 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 2-o‘rinni egallab turgan “Lokomotiv” hisobida 35 ochko mavjud.
Superliga
18-tur bahslari
26-avgust, dushanba
“Metallurg”—“Navbahor” 1:0
Gol: 1:0 — 90 Muzaffar Muzaffarov“Bunyodkor”—“Lokomotiv” 1:1
Gollar: 0:1 — 23 Arslonmurod Omonov, 1:1 — 73, penalti, Sanjar TursunovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)