• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qobil Xidirov: Blogerlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklamagan va ulardan ko‘p narsa kutmagan bo‘lardim

    So‘nggi paytlarda peshqadam blogerlarning turli ommaviy axborot vositalari bilan raqobati yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Jurnalist Sanjarbek Hamidovning “Davletov.uz” kanali ma’muri, bloger va jurnalist Qobil Xidirov bilan suhbati blogerlar va blogerlik atrofida kechdi.

    Foto: Hotamjon Mamadaliyev

    Foto: Hotamjon Mamadaliyev

    — Mamlakatda amaldorlar qatlami, xususan, hokimlar boshqaruv va ijro jarayonida tez-tez xatoga yo‘l qo‘yishayotganining sababi nimada? Qaysidir hokimning vazifasidan ozod etilishi yoki jamoatchilikdan uzr so‘rashi nima uchun boshqalarga saboq bo‘lmayapti?

    — Ochig‘i, men amaldorlar tez-tez xato qilishayapti, deyishdan yiroqman. Chunki bugun har kuni OAVda e’lon qilinayotgan qotillik jinoyatlari, ayniqsa, qarindoshlar o‘rtasidagi shunday holatlar haqida o‘qib, go‘yoki mamlakatda jinoyatchilik ommalashib borayotgandek, ma’naviy muhit buzilib ketgandek tuyuladi. Aslida esa ilgari davrlarga qaraganda jinoyat soni ancha kamaygan. Harqalay, rasmiy statistika shunaqa deydi. Bu yerda masala shundaki, oxirgi ikki-uch yildagi ochiqlik siyosati natijasida mana shunday jinoyatlar, qotilliklar haqida xabar topa boshladik. Eng qizig‘i, bunday xabarlar aynan rasmiy idoralar tomonidan e’lon qilina boshlandi.

    Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilayotgan xatolar haqida ham shunday deyish mumkin. Ilgarilari ham amaldorlar xato qilgan, so‘kkan, zo‘ravonlik qilgan. Lekin bugungidek juda tez ommalashmagan, ijtimoiy tarmoqlarga yetib kelmagan. Demoqchi bo‘lganim, biz bugun ko‘rib, eshitib, yoqamizni ushlayapmiz, xolos. Bu ochiqlik siyosatining amaliy natijasi bo‘lsa kerak.

    Endi sabablariga keladigan bo‘lsak, nazarimizda, davlat boshqaruvi tizimida ikkita jiddiy muammo ko‘ndalang turibdi: birinchisi, avvalo, davlat xizmatiga kadrlarni saralash va jalb qilish tizimi yo‘q, ya’ni quyidan yuqorigacha aniq, shaffof ishlaydigan tizim shakllanmagan. Agar bunday tizim bo‘lganida, zo‘ravon, xalq va jamoatchilik bilan oddiygina muloqot qilishni bilmaydigan, ichida odam bo‘lgan uyning ustiga texnika haydaydigan kadrlar hokimiyat idoralariga kelmagan bo‘lar edi. Rahbarlarning kayfiyati yoki tushunchasiga qarab emas, balki kuchli psixologik, kasbiy tayyorgarlik va raqobatdosh saralashni nazarda tutadigan tizimni yaratish kerak.

    Umid qilamizki, “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi bilan ushbu masalaga amaliy yechim topiladi. Yo‘qsa, barcha sa’y-harakatlarimiz noinsof, kalta o‘ylaydigan amaldorlarning xurmacha qiliqlari bilan bir tiyinga aylanadi. Ikkinchisi — albatta, o‘zaro tiyib turish va jamoatchilik nazorati kerak.

    Quyidagi rahbarlar faqat yuqoridagi rahbardan qo‘rqadi — u haqda tepaga salbiy axborot bormasa bo‘ldi. O‘ziga xon, o‘ziga bek. Shuning uchun ham mahalliy deputatlarga kengroq vakolat berish, mahalliy kengashlarni professionallashtirish, imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rishning vaqti keldi. Deputat kunda-kunora mahalliy rahbarlarni tergab, nazorat qilib tursa, jamoatchilikda ham rahbarlarga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari bo‘lsa, bir martalik emas, uzoq va barqaror tizimni shakllantirgan bo‘lar edik. Ikkita amaldorni qamagan yoki omma oldida urishgan bilan muammoga tizimli yechim topib bo‘lmaydi. Albatta, bu muammoga kompleks yondashish kerak, yuqoridagi masalalar esa ushbu keng jarayonning bir qismi, xolos.

    — Bloger hokimlar bilan bog‘liq mojarolarni yoritish bilan cheklanishi kerakmidi yoki shu mojarolar ildizlari bilan ham qiziqishi lozimmi?

    — Bloger 99 foiz holatda bir kishidan iborat bo‘ladi. U nechog‘li muammoning ildiziga yetib boradi — murakkab masala. Bir muammoning tagiga yetish uchun 4-5 ekspert bilan gaplashish, davlat idoralarining pozitsiyalarini o‘rganish, amaldagi qonun hujjatlarini titkilash, xorijda qanaqa degan savolga ham javob izlash kerak bo‘ladi. Hech qaysi bloger bunaqa hajmdagi ishni qilmaydi.

    Shuning uchun ham aksariyat holatlarda ko‘zga tushib qolgan muammolarni tilga oladi, unga aqli yetganicha munosabat bildiradi. Shuning uchun ham blogerlarning zimmasiga katta mas’uliyat yuklamagan yoki ulardan kattaroq narsa kutmagan bo‘lar edim. Shuning uchun ham har qanday mavzuda yozadigan emas, balki bitta tor yo‘nalishda yoki sohada post qoldiradigan blogerlarning fikrlari o‘rinli, asosli va adekvat bo‘ladi.

    26.08.2019, 22:47   Izoh (0)   26001
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev blogerlarga: Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi

    26.08.2019, 22:35

    Saida Mirziyoyeva Prezidentning blogerlar bilan uchrashuvini “tarixiy” deb atadi

    26.08.2019, 22:22

    Blogerlar bilan selfi tushgan Shavkat Mirziyoyev, Qashqadaryoda haqoratlagan YPX xodimi, Ravon avtomobillari narxidan hayratlangan rossiyaliklar va kunning boshqa

    26.08.2019, 22:11

    Sho‘rob qishlog‘ining go‘zal qizlari bloger nigohida (foto)

    26.08.2019, 22:00

    Navoiyda fuqaroning uyidan 7,5 mln so‘m o‘g‘irlagan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi

    26.08.2019, 21:23

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandda UNESCO bosh direktorini qabul qildi

    26.08.2019, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple shaxsiy sun’iy intellekt terapevtli xizmatni ishga tushiradi

    Dunyo | 25 avgust, 21:35

    Germaniyada AQSH fuqarosi Xitoy foydasiga josuslikda ayblandi

    Dunyo | 25 avgust, 21:20

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi tarixiy obidalar bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 21:06

    Germaniyada Rossiyaning NATOga a’zo bo‘lish g‘oyasi haqida maxfiy hujjatlar e’lon qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 20:40

    Yupiterning paydo bo‘lishi meteoritlarning o‘zgarishiga olib kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 25 avgust, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.