18-avgust kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv shahrida MMA bo‘yicha bo‘lib o‘tgan WEF PROFFIGHT musobaqasida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan internet makonida paydo bo‘lgan videolavhalar va izohlarga e’tibor qaratildi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.
Mazkur masala bo‘yicha 2019-yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ishning barcha jihatlarini birgalikda o‘rganish va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ruhida vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh (0)