• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-avgust kuni mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Muloqot chog‘ida partiyalarning jamiyat siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish, shu yil dekabr oyida milliy parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida, bu boradagi eng muhim va dolzarb masalalar xususida atroflicha fikr yuritildi.

    Ma’lumki, O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlarda chuqur demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida jamiyatda ko‘ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya — “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z g‘oya va dasturlarini amalga oshirishi, saylovlarda tenglik, ochiqlik va xolislik tamoyillari asosida faol ishtirok etib, parlament, mahalliy vakillik organlarida o‘z fraksiyalari va partiyaviy guruhlarini shakllantirishi hamda mamlakat siyosiy-ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha qonuniy asoslar yaratilgan. Yangi qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda davlat rahbari “Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bo‘lib, uning o‘tkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay oladi”, deb ta’kidladi.

    “Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘ladigan saylovlar mamlakat hayotidagi muhim voqea bo‘lib, butun xalqimiz qatori siyosiy partiyalar uchun ham katta siyosiy maktab bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

    Saylovlarning ko‘ppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, dunyoda umume’tirof etilgan demokratik standartlarga mos holda o‘tishi ko‘p jihatdan siyosiy partiyalarning ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rishi hamda chuqur o‘ylangan yangi g‘oya va maqsadlar, dasturlar bilan ularda faol ishtirok etishiga bog‘liq.

    Milliy qonunchiligimizda bo‘lajak saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qat’iy belgilab qo‘yilgani har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak mas’uliyat ham yuklaydi.

    Albatta, saylovlar oldidan har bir siyosiy partiya o‘zining saylovoldi dasturi, siyosiy platformasini ishlab chiqadi, yangi-yangi g‘oyalarni o‘rtaga tashlaydi, el-yurt orasida obro‘-e’tibor qozongan insonlar nomzodini ilgari suradi. Bir so‘z bilan aytganda, kurash qizg‘in bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Siyosiy partiyalar rahbarlari bilan suhbat davomida bu galgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati, partiyalar ushbu g‘oyat muhim jarayonga qanday g‘oya va maqsadlar bilan borayotgani, elektoratning faolligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda siyosiy yetakchilik fazilatlarini shakllantirish, partiya tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish haqida atroflicha fikr yuritildi.

    “Qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizni birlashtiradigan yagona va mushtarak maqsad — bu jonajon O‘zbekistonimiz, uning buyuk kelajagidir. Ayni shu maqsad hammamizni ona yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etadi”, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

    Saylovlar jarayonida, demokratik plyuralizm sharoitida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik va olijanoblik, siyosiy-huquqiy madaniyatni namoyon etish lozimligiga urg‘u berildi. Ayniqsa, saylovoldi targ‘ibot kampaniyalarini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida olib borish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan normalarga amal qilish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

    Muloqot jarayonida bugungi davr hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda, siyosiy partiyalar faoliyati chuqur tahlil qilinib, ularning ishini takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar, amaliy takliflar bildirildi.

    22.08.2019, 19:49   Izoh (0)   18055
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Prezidenti AQSh Davlat kotibi o‘rinbosarini qabul qildi

    22.08.2019, 18:35

    “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan avtobuslarga videokuzatuv kameralari o‘rnatilishi boshlandi

    22.08.2019, 18:21

    Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

    22.08.2019, 17:42

    Abdulaziz Komilov “Markaziy Osiyo—AQSh” uchrashuvida ishtirok etdi

    22.08.2019, 17:24

    Sirdaryoda I Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazildi

    22.08.2019, 17:04

    Soliqchilar Bo‘stonliqda reyd o‘tkazdi: mulkini ijaraga bergan 1300 dan ortiq shaxsga 1,8 mlrd so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi

    22.08.2019, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    Dunyo | 10 avgust, 21:42

    Yangioboddagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.