Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23-avgust kuni mamlakatning ayrim hududlarida bulutli va qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin, deb yozadi O‘zA.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 17—19, kunduzi 33—35 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17—22, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17—22, kunduzi 31—36 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15—20, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17—22, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15—20, kunduzi 28—33 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12—17, kunduzi 22—27 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)