Gretsiyada Poros oroli sohili yaqinida rossiyaliklar bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Meduza.
Qayd etilishicha, vertolyotda jami 3 kishi: mahalliy uchuvchi va 2 nafar rossiyalik yo‘lovchi bo‘lgan. Vertolyot qulashi oqibatida ularning barchasi halok bo‘lgan. Ularning jasadlari suvdan chiqarilgan.
Vertolyot Poros shahridan Afina xalqaro aeroportiga ketayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot materikdan Porosga elektr energiya yetkazib beradigan simlarga kelib urilgan. Natijada halokatdan so‘ng butun orolda elektr o‘chgan.
Izoh (0)