Gonduras sobiq prezidenti Porfirio Loboning rafiqasi Rosa Elena Bonilya Tegusigalpa shahri sudi tomonidan korrupsiyada aybdor deb topildi. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda 20-avgust kuni Gonduras Oliy sudining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
“Bonilya 8 ta firibgarlik va 3 ta o‘g‘rilik holatlari bo‘yicha bir ovozdan aybdor deb topildi”, — deyiladi xabarda.
Rosa Elena Bonilya 2018-yilning fevral oyi oxirida qo‘lga olingan. Gonduras prokuraturasi uni turli ijtimoiy dasturlarga mo‘ljallangan 700 ming dollarni o‘zlashtirganlikda ayblagan.
Sobiq birinchi xonimga nisbatan sud hukmi 27-avgust kuni chiqarilishi kutilmoqda. U 58 yildan 87 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)