Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni 108 megapikselli kameraga ega bo‘ladi, deb xabar berdi Gizmochina.
Mi Mix 4 joriy yilning sentabr oyida taqdim etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu avgust oyida taqdimoti bo‘lib o‘tgan 108 megapikselli Samsung ISOCELL Bright HMX kamerasi o‘rnatilgan birinchi smartfon bo‘ladi. Mazkur kamera tasvirni 12032x9024 nuqtagacha shakllantirishi mumkin. Shuningdek, kamera Samsung Galaxy S11’ga ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari Mi Mix 4’ga Snapdragon 855 Plus protsessori, 4500 mA/soat akkumulyator o‘rnatiladi.
Bunga qadar Xiaomi o‘zining eng kuchli Blaxk Shark 2 Pro smartfonini taqdim etgandi. Ushbu smartfon AnTuTu sintetik testida 500 ball to‘plagan.
Izoh (0)