Internetda Apple kompaniyasi xodimlari qo‘lida ko‘zga tashlangan yangi iPhone XI smartfonining “jonli” surati paydo bo‘ldi. Bu haqda “UfacityNews.ru” xabar berdi.
Suratda uchburchak qilib joylashtirilgan 3 ta kameraga ega iPhone XI’ning orqa tomonini ko‘rish mumkin. Qurilma ustida esa Apple logotipi joylashgan. Xabarda ta’kidlanishicha, agar surat soxta bo‘lmasa, bu yangi smartfonning birinchi “jonli” suratidir.
iPhone smartfonlari 11 avlodining rasmiy taqdimoti 2019-yilning kuzida bo‘lib o‘tadi. Apple avvalgi smartfonlar kattaligida bo‘lgan uchta yangi modellarni namoyish etishi kutilmoqda. iPhone XI va iPhone XI Max kabi katta modellar uchta kamerali, kichigi esa ikki kamerali bo‘ladi.
Izoh (0)