• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi maktablar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha 17-avgust kuni Toshkent shahridagi maktablar faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deya xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qarorga ko‘ra, 2019-yilda poytaxtda maktablar qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun 400 milliard so‘m ajratilmoqda. Qaror bilan 2019-yilda rekonstruksiya qilinadigan 10 ta maktab va ta’mirlanadigan 40 ta ta’lim muassasasi ro‘yxati ham tasdiqlandi. Ularning quvvati 57,01 mingni tashkil etib, ularda 69,22 ming nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ushbu ro‘yxatda, jumladan, Toshkent shahridagi qurilganidan beri biron marotaba investitsiya dasturiga kiritilmagan 16 ta maktab ham kiritilgan.

    Jumladan, 367,95 milliard so‘mga yaqin mablag‘ qurilish-tiklash ishlariga yo‘naltiriladi va 32,05 milliard so‘m investitsiyalar maktablarni jihozlashga sarflanadi.

    2020-yilda umumta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun yana 400,0 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan.

    Ikki oy muddatda 2020-yilda ajratiladigan 400 milliard so‘m mablag‘ hisobidan yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va jihozlanadigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining manzilli ro‘yxati shakllantiriladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

    Toshkent hokimligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2019−2020-o‘quv yilidan boshlab, Toshkentdagi o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan kam bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarini o‘quvchilar soni quvvatiga nisbatan ortiq maktablarga tarmoq maktab sifatida biriktiriladi. Qarorda takidlanishicha, yangi o‘quv yilida 9 ta tarmoq maktablari tashkil etiladi.

    Toshkentdagi faoliyati tugatilayotgan beshta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bino va inshootlari, tegishli hududidagi yer maydonlari, balansida mavjud barcha moddiy qiymatga ega jihoz va uskunalari operativ boshqarish huquqi bilan xalq ta’limi tizimi tasarrufiga beriladi. Ular negizida maktablar tashkil etiladi.

    Hujjatga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha va Xalq ta’limi vazirligining “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi jihozlash ishlari bo‘yicha buyurtmachilar etib belgilandi.

    2019-yil 1-sentabrdan boshlab qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ilg‘or mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda, zamonaviy hamda xalqaro standartlarga javob beradigan talablar asosida ishlab chiqilishi belgilandi.

    Xalq ta’limi vazirligi Toshkent hokimligi bilan hamkorlikda davlat-xususiy sheriklik va xususiy shaklda nodavlat ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada kengaytirish choralarini ko‘rishi, bunda 2020-yildan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini xususiy sektor vakillariga qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash, boshqarish, foydalanish va saqlash uchun berish usullarini amaliyotga joriy qilinadi.

    Moliya vazirligi Toshkent hokimligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy sektor vakillariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, shuningdek, xususiy shaklda berilgan umumta’lim maktab o‘quvchilarining ta’lim olishlari bilan bog‘liq xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish tartibini ishlab chiqib, belgilangan tartibda amaliyotga joriy qiladi.

    Xalq ta’limi vazirligiga Iqtisodiyot va sanoat hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari birgalikda 2019-yilning 1-dekabriga qadar Toshkentdagi umumta’lim maktablarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan to‘ldirish, oliy toifali o‘qituvchilar sonini oshirish, bir nafar o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘quvchilar ulushini bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar yuklandi.

    Xalq ta’limi vazirligi 2019—l2020-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogika sohasiga moyilligi, qiziqishi bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish ishlarini jonlantirish maqsadida “Yosh pedagog sinflari”ni tashkil etadi.

    19.08.2019, 10:08   Izoh (0)   14831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kun fotosi: Buxoroda 120 yashar onaxonga biometrik pasport rasmiylashtirildi

    19.08.2019, 08:10

    Komil Allamjonov ham Telegram’da rasmiy kanalini yurita boshladi

    19.08.2019, 07:50

    O‘zbekistonda bu hafta o‘zgaruvchan va bulutli, biroq yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda

    19.08.2019, 07:20

    Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari shartnoma asosida pulli xizmat ko‘rsatadi

    18.08.2019, 23:13

    Xorazmda do‘kondan 700 ming so‘m o‘g‘irlagan erkak qo‘lga olindi

    18.08.2019, 22:53

    O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

    18.08.2019, 22:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.