13-avgust kuni soat 20:30 da Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan temiryo‘l boshqarmasi oldida turgan Spark avtomobili o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Hududga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari mashinaga o‘tirgan erkakning yuzini yozib olishga ulgurgan. Hozirda gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Toshkent shahar IIBB befarq bo‘lmagan fuqarolardan mashinani o‘g‘irlab qochishga aloqador ushbu shaxsni qo‘lga olishda yordam ko‘rsatishlarini so‘ramoqda.
Gumonlanuvchining belgilari: Yoshi 25—30 atrofida, bo‘yi 175—180 santimetr.
Tergovga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali qabul qilinadi: 102, (71) 232-30-40, (71) 232-40-50 yoki (99) 889-78-58.
Izoh (0)