• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorazmda “snos”ga tushgan uy egasi: Bir ilojini qilib bosh vazirni ko‘chamizga olib keldik

    Urganchdagi Istiqlol ko‘chasida “snos”ga tushgan uyda yashovchi fuqarolar mutasaddilarning noqonuniy harakatidan shikoyat qilib bosh vazirni o‘z mahallasigacha olib kelgan. Lekin bu ish ham ularga foyda bermasligidan xavotirda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uy egasini rozi qilish

    Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining 2016-yil 10-avgustda Istiqlol ko‘chasida joylashgan eski, yakka tartibda qurilgan turar joylarni buzib olish hududi, deb e’lon qilish to‘g‘risida qarori qabul qilingan. Istiqlol ko‘chasining “snos”ga tushgan hududida joylashgan uylarning o‘rnida turar joy binolari qurish uchun “Adamboy-Shukurjon” korxonasiga Urganch shahar hokimining 2018-yil 24-noyabrdagi qaroriga asosan yer maydoni ajratib berilgan. Quruvchi korxona hokimlik bilan 2018-yil 17-noyabr kuni tuzilgan kelishuv shartnomasiga ko‘ra, buzilishga tushgan joy mulkdorlariga avvalgisidan kam bo‘lmagan sahndagi bitta kvartira bilan ta’minlash majburiyatini olgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Lekin...

    “Istiqlol” ko‘chasining buzilish hududida joylashgan 9-uy 2-xonadonda yashovchi Diana Matmuratovaning aytishicha, quruvchi “Adamboy-Shukurjon” jamiyati rahbari ishni do‘q-po‘pisa bilan boshlagan.

    — 2018-yilning sentabr oyida quruvchi korxona rahbari Ruhiya Rahimova va Urganch shahar hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Narimon Kenjayev birga kelishdi. Bizga ijara uyiga chiqib turishimizni aytishdi. Rozi bo‘lmadik. Oktabrda qo‘rqitishlar boshlandi. Qo‘shnilarimizni chiqarib yuborib, ularning uylarini buzib, uyimiz atrofini avariya holatiga keltirib qo‘ydi. “Chiqmasanglar umumiy yotoqxonaga majburiy ko‘chiramiz”, deb do‘q qilishdi, — deydi Diana Matmuratova.

    Uy egalarining “Nega fuqarolar haq-huquqlarini poymol qilyapsizlar, biz 10 ta odam qayerga boramiz?”, degan savoliga hokimlik vakili “Men senga tug‘ dedimmi”, deya javob qaytargan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    10 nafar odamga bir xonali ijara uyi

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2019-yil 22-apreldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, Diana Matmuratova va uning oila a’zolari uydan majburiy tartibda chiqarilishi va ularning uyi o‘rnida qurilishi belgilangan ko‘p qavatli turar joy qurib bitkazilguniga qadar Gurlan ko‘chasi 53-uy, 4-xonadonga ko‘chirilishi belgilangan. Ularning vaqtinchalik ijarasi uchun oyiga 600 ming so‘mdan, oldindan 12 oy uchun jami 7 million 200 ming so‘m to‘lab berish majburiyati yuklatilgan.

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining sudyasi J.Matniyazov tomonidan chiqarilgan 2019-yil 20-iyun kungi apellyatsiya instansiyasining ajrimiga ko‘ra esa Bog‘ot tumanlararo sudi tomonidan chiqarilgan oila a’zolarini uydan majburiy tartibda chiqarilishi va ularning uyi o‘rnida qurilishi belgilangan ko‘p qavatli turar joy qurib bitkazilguniga qadar Gurlan ko‘chasi 53-uy, 4-xonadonga ko‘chirilishi bekor qiligan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Sudda aytilgan, Gurlan ko‘chasidagi 53-uy, 4-xonadonga borganimizda u yerda boshqa oila yashayotganiga guvoh bo‘ldik. Oilamizning 10 nafar a’zosi 85 kvadrat metr joyda yashaymiz. Urganch shahrida 600 ming so‘mga 1 xonali uyni ijaraga olish mumkin. Shuncha odam bir xonali uyda qanday qilib yashaymiz, axir?! — deya ta’kidladi xonadon sohibi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uy kimniki o‘zi?

    Urganch shahar hokimligi tomonidan 2019-yil 18-aprel kuni taqdim etilgan ma’lumotnomada Istiqlol ko‘chasidagi 9 va 10-uylar davlat uy-joy fondiga qarashli munitsipial xonadon ekanligi hamda ushbu turar joylar fuqarolarga xususiylashtirib berilmaganligi ko‘rsatilgan.

    Lekin quruvchi 9 va 10-uylarda yashab kelgan ko‘plab xonadon egalariga uy-joy yoki moddiy mablag‘ bilan ta’minlab, “snos”ga tushgan uylardan chiqarib yuborgan.

    “Snos”ga tushgan uyda haligacha yashab kelayotgan bir xonadon sohibining aytishicha, ular ilojsizlikdan quruvchi bilan shartnoma tuzishga majbur bo‘lgan.

    — Chunki uylarning hujjati yo‘q, majburiy ijro chiqishimizni talab qilib turib oldi. Na iloj, shahar chetidan 200 kvadrat metr yer maydoni va 125 million so‘m oldik,— dedi xonadon sohibi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Diana Matmuratovaning ma’lum qilishicha, uy uning bobosiga paxta zavodida ishlagani uchun berilgan.

    — Ushbu xonadonda 64 yildan buyon yashab kelmoqdamiz. Mustaqillik yillaridan buyon uyni xususiylashtirib olish uchun rosa urindik, natija chiqmadi. Uy hujjatlarini 1995-yilda hokimiyatdan kelib olib ketishgan, shu bo‘yicha yo‘q. Hozirgacha kommunal to‘lovlarni to‘lab kelmoqdamiz, — dedi Diana.

    Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi — o‘tgan yillar davomida biror mutasaddi nahot uy kimniki, qani hujjating, deb so‘rab kelmagan bo‘lsa?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Undan ham qizig‘i...

    Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining sudyasi J.Matniyazov tomonidan chiqarilgan 2019-yil 20-iyun kungi apellyatsiya instansiyasining ajrimida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra Istiqlol ko‘chasida joylashgan 9 va 10-uylar “Yashash uchun xavfli” deb topilgani qayd etilgan. Ya’ni 2018-yil 3-noyabrdagi Urganch shahar Istiqlol ko‘chasida joylashgan yiqilish zonasiga tushgan uylarning texnik xavfsizlik holatini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada ushbu manzilda joylashgan uy-joylar 1938-yilda qurib bitkazilgani, muhandislik yoritish tizimlari ahvoli talab darajasida belgilangan me’yor darajasida ishlamayotganligi, uylarning tashqi ko‘rinishi shahar ko‘rkini buzib turganligi, fundamental qismi yo‘q bo‘lganligi sababli buzilish darajasiga kelganligi, uylarning atrofi sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bermasligi, uylarning kanalizatsiya quvurlari nosoz holatdaligi, isitish tizimidagi, uylarda gaz va ichimlik suvi quvurlari olib tashlanganligi, uylar hududida erkin harakatlanish uchun qutqaruv yo‘llari va boshqa o‘tish joylari mavjud emasligi bayon qilinib, ushbu uylarda aholi yashashlari uchun ko‘rsatilgan kamchiliklar inobatga olinib, “Yashash uchun xavfli” degan xulosaga kelingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xonadon egalarining ma’lum qilishicha, mutasaddilar uyni ko‘rmasdan dalolatnoma tuzgan. Chunki ayni vaqtgacha gaz ta’minoti, elektr, suv tizimi hech qanday uzilishlarsiz ishlab kelmoqda.

     

    O‘liklarga kelgan ogohlantirish

    Urganch shahar hokimi o‘rinbosari (O‘.Ro‘zmetov)dan Abdulla Matmuratov nomiga 2019-yilning 11-mart kuni turar joy buzilishi bo‘yicha Istiqlol ko‘chasi, 9-uy 2-xonadon manziliga takroran ogohlantirish xati kelgan. Qarangki, Abdulla Matmuratov bundan 19 yil avval hayotdan ko‘z yumgan. Abdulla Matmuratovning o‘g‘li Davlet Matmuratovning aytishicha, u xat olib kelgan pochta xodimiga “Siz adashib qoldingiz shekilli, xatni boshqa joyga olib borishingiz kerak”, deb kinoya qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2019-yilning 14-iyun kuni shahar rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan buzilayotgan ko‘p qavatli va yakka tartibda qurilgan uylar va noturar joylar mulkdorlarining yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan buziladigan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar, ko‘chiriladigan daraxtlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslar to‘lov miqdorini hamda kompensatsiya turini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishining bayoni tasdiqlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu bayonnomaga ko‘ra, Istiqlol ko‘chasi 9-uyda yashovchi fuqaro Petr Kalyagin komissiyada qatnashib, yer uchastkasi ajratib berishni so‘rab murojaat qilgani qayd etilgan. Aslida Petr Kalyagin bundan 3 yil avval olamdan o‘tgan.

    Shuningdek, ushbu kommissiya yig‘ilishida Ayimgul To‘rayeva qatnashib, 3 xonali uy va 200 million so‘m pul ajratib berishni so‘ragani qayd etilgan. Ayimgul To‘rayeva bundan 20 yil avval Qozog‘istonga ko‘chib ketgan va boshqa mamlakat fuqaroligini olgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Istiqlol ko‘chasiga Bosh vazir tashrifi

    Bosh vazir Abdulla Aripov iyul oyida Urganch shahri Ashxobod ko‘chasida istiqomat qilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilikni o‘rganish uchun borgan edi. Diana Matmuratova va uning oila a’zolari ham bosh vazir kelgan hududga borib, o‘z arzlarini aytadi.

    — Bosh vazir kelganini eshitib bordik. Avval ichki ishlar xodimlari bizni boshqa tomonga ketkazib yubormoqchi bo‘lishdi. Bir ilojini qilib bosh vazirni ko‘chamizga olib keldik. U kishi bilan birga viloyat hokimi ham keldi. Holatni tushuntirganimizdan keyin bosh vazir biz hozir yashab turgan 85 metr kvadrat uyga yana 10 kvadrat metr qo‘shib, shunga teng xonadon ajratilishini aytdilar, — dedi Matmuratova.

    Xonadon egalari bu ishdan ham foyda chiqmasligi mumkinligidan xavotirda, ular hech kimga ishonmay qo‘yganliklarini bildirmoqda.

    Urganch shahar hokimi Shuhrat Abdullayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Diana Matmuratovaning murojaati bo‘yicha viloyat prokurori ish olib bormoqda.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi...

    16.08.2019, 13:35   Izoh (0)   56717
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda o‘qishga kiritish evaziga 8,7 mln so‘m pora olgan kollej direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi

    16.08.2019, 13:30

    Qamashida MIB 50 dan ortiq oila uchun tadbir o‘tkazganidan so‘ng 14 ta oila yarashishga qaror qildi

    16.08.2019, 13:24

    Andijonda “Yangi bozor” dehqon bozori bir yarim yillik tanaffusdan so‘ng qaytadan ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi

    16.08.2019, 13:11

    Urganchdagi Chondirqiyot qishlog‘ida palatka va kapa qurib yashayotgan aholi turmush sharoitidan fotoreportaj

    16.08.2019, 12:34

    Qonunchilik palatasi spikeri va Senat raisi ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini ochdi

    16.08.2019, 11:45

    O‘zbekistondagi ayrim banklarda dollar 9100 so‘mgacha ko‘tarildi

    16.08.2019, 11:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15

    Tramp Eronga yangi zarbalar bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 19:50

    Isroil G‘azo markazidagi tinch aholini evakuatsiya qilishni boshladi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:25

    Gongkongga Vifa to‘foni yopirildi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 19:05

    Yevropa Ittifoqi davlatlariga kirish narxi 3 baravar oshishi mumkin

    Dunyo | 20 iyul, 18:30

    Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining eng tezkor futbolchilaridan biriga aylandi

    Sport | 20 iyul, 17:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.