Departamentning Uzun tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Sariosiyo tumani agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari I.M. ushbu kollejga o‘qishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi pedagogika kasb-hunar kollejiga o‘qishni ko‘chirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8,7 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)