• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Feliks, Azar, Grizmann. La Ligada yangi mavsum boshlanmoqda

    Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining yangi mavsumiga 16-avgust, juma kuni start beriladi.

    Foto: Sky Sports

    Foto: Sky Sports

    Yevropaning kuchli beshlik ligalari qatori Ispaniya chempionatida ham yangi mavsum boshlanmoqda. Dunyoning eng kuchli chempionati nomi uchun Angliya bilan kurashayotgan Primera o‘yinlarining ushbu mavsumida ham kurash “Barselona”, “Real” va “Atletiko” jamoalari o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

    “Barselona”

    Bir necha yildan buyon chempionlikni hech kimga bermay kelayotgan “Barselona” mazkur transfer oynasida bir nechta katta xaridlarni amalga oshirdi. Jamoa Frenki de Yong, Antuan Grizmann, Xunior Firpo va Neto kabi futbolchilarni transfer qildi.

    Jamoa nihoyat Xordi Albaga o‘rinbosar topishga erishdi. Endi ispaniyalik himoyachi jamoasining har bir o‘yinida tushishga majbur bo‘lmaydi. Biroq Firpo avvalgi futbolchilardan farqli o‘laroq asosiy tarkibga kira oladimi? Mana shu masala so‘roq ostida.

    “Ayaks”dan sotib olingan tayanch yarim himoyachisi Frenki de Yong o‘tgan mavsumda fantastik harakat qildi. Endi yosh iqtidor egasi Serxio Buskets bilan birgalikda yanada o‘sishga erishishi tabiiy. Antuan Grizmann esa ortiqcha ta’rifga muhtoj emas. Shuningdek, jamoa Neymarni ortga qaytarish ustida bosh qotirmoqda.

    “Barselona”ni Yasper Silessen, Malkom, Tomas Vermalen, Adre Gomesh va boshqa bir qator futbolchilar tark etdi. Shuningdek, katalonlar yana bir nechta yarim himoyachi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani bot-bot xabar qilinmoqda. Xususan, Filippe Koutinyo va Ivan Rakitich kabi futbolchilar sentabrga qadar boshqa jamoaga yo‘l olishi mumkin.

    “Ko‘k-anorranglilar” ustozi Ernesto Valverde jamoaning bu yilgi maqsadi La Liga chempionligini himoya qilishdan iborat ekanini ta’kidladi. Biroq bu safar katalonlarga oson bo‘lmasligi aniq. Nega degan savolga keyinroq yana to‘xtalamiz.

    “Real Madrid”

    Muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin yozda bir qator o‘zgarishlar qilgan madridliklar o‘z o‘yinini topib olsa, bu safar “Barselona”ga munosib raqobatchi bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsum yakunida jamoa prezidenti Florentino Peres qator va’dalar bergan holda Zinedin Zidanni murabbiylikka qaytardi.

    Yozgi transfer oynasida “Real” Eden Azar, Luka Yovich, Eder Militao, Ferlan Mendi, shuningdek, yosh iqtidor egalari Rodrigo Goes va Takefusa Kubolarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Jamoani esa Xesus Valyexo, Serxio Regilon, Dani Sebalyos, Marko Lyorente, Teo Ernandes, Mateo Kovachich, Boxa Mayoral kabi futbolchilar tark etdi.

    Azarni sotib olish orqali “Real” hujumdagi muammolarni deyarli yopishga harakat qiladi. Biroq qolgan futbolchilar ancha yoshligi va boshqa chempionatlardan olib kelinganini inobatga olsa, Zidan o‘yinni barqarorlashtirish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Fransiyalik mutaxassis Pol Pogbani ham olib kelishni istagandi va bu transferning amalga oshishi cho‘zilavergach, OAVda turli xil xabarlar yangrashiga sabab bo‘lmoqda. Ba’zi nashrlar Zidan jamoani tark etish niyatida ekanini yozsa, ayrimlari mutaxassis Beyl va Yovichni rejasiga kiritmayotganini aytmoqda.

    “Real” hozirda transfer bozorida faollikni pasaytirmadi. “Qaymoqranglilar” Pogba yoki Neymarni o‘z safiga qo‘shib olishi katta ehtimol. Vaziyatga e’tibor qilinsa, hozirda “Real”ga braziliyalik futbolchidan ko‘ra “Manchester Yunayted” yetakchisining foydasi ko‘proq tegadigandek. Biroq transfer oynasi yopilgunga qadar biror nima deyish qiyin. Balki madridliklar rahbariyati dastlabki turlardagi o‘yinlardan xulosa qilgan holda kamchiliklarni bartaraf etish haqida o‘ylayotgandir...

    “Atletiko Madrid”

    “Matraschilar” mavsumlar oralig‘ida hayron qolarli o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Dastlab jamoani Diyego Godin, Xuanfran, Filippe Luis, Lukas Ernandes, Rodri va Antuan Grizmann kabi yetakchilar tark etdi. Biroq ularning o‘rniga Kiran Trippyer, Markos Lyorente, Joau Feliks, Ivan Shaponich va Renan Lodi kabi yangi nomlar olib kelindi. Bundan tashqari, madridliklar “Valensiya” yetakchisi Rodrigoni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

    Bir qarashda yangi nomlar bilan safini kengaytirib olgan jamoaga o‘yin amaliyoti kerakdek ko‘rinayotgandi, biroq mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlari buning aksini ko‘rsatdi. Simeone boshchiligidagi jamoa sermahsullikda ham yomon ko‘rinmadi. Biroq bu rasmiy o‘yinlarda ham bardavom bo‘lish yoki bo‘lmasligini keyin bilib olamiz.

    1-tur uchrashuvlari haqida

    Mavsumni amaldagi chempion ishtirokidagi o‘yin bilan boshlanadi. “Barselona” Bilbaoga safar qiladi va “Atletik” bilan o‘ynaydi. Mazkur bahsni katalonlar sardori Lionel Messi o‘tkazib yuboradi.

    “Real” esa mehmonda “Selta” bilan o‘ynaydi. Madridlkilar uchun Vigo safar doim og‘ir o‘tgan, buning ustiga ilk turdayoq noqulay raqibning duch kelishi Zidan jamoasi uchun haqiqiy sinov bo‘ladi. Katta ehtimol bilan uchrashuvni jarohat olgani aytilayotgan Eden Azar o‘tkazib yuboradi.

    Turning qiziqarli o‘yinlaridan biri “Valensiya” va “Real Sosyedad” jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘tgan mavsum yakunini ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan “Valensiya” yuqoridagi “kuchli uchlik”ka qarshilik qila oladigan sanoqli jamoalardan biri hisoblanadi.

    “Betis” o‘zida “Valyadolid”ga qarshi bahs yuritadi. “Sevilya” esa Kataloniyada “Espanyol” bilan o‘ynaydi. “Atletiko” Madridda o‘tgan mavsum kashfiyotiga aylangan “Xetafe”ni qabul qiladi. Asosiy e’tiborni himoyaga qaratadigan mazkur jamoalar o‘rtasidagi bahs ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.

    La Liga

    16-avgust, juma

    1-tur bahslari

    “Atletik B”—“Barselona” 00:00

    17-avgust, shanba

    “Selta”—“Real Madrid” 20:00

    “Valensiya”—“Real Sosyedad” 22:00

    “Malyorka”—“Eybar” 23:00

    “Vilyarreal”—“Granada” 00:00

    “Leganes”—“Osasuna” 00:00

    18-avgust, yakshanba

    “Alaves”—“Levante” 20:00

    “Espanyol”—“Sevilya” 22:00

    “Betis”—“Valyadolid” 00:00

    “Atletiko M”—“Xetafe” 01:00

    Nodirxon Hamidxonov tayyorladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    16.08.2019, 17:41   Izoh (0)   12786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona” 10 yil deganda La Liganing ilk turini Messisiz o‘tkazadi

    16.08.2019, 14:21

    Yevropa Ligasi pley-offining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi

    16.08.2019, 12:59

    OKMK futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finaliga chiqa olmadi

    15.08.2019, 18:25

    UEFA 2018/19-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun da’vogarlarni e’lon qildi, unda Muhammad Saloh yo‘q

    15.08.2019, 18:11

    Zubayra Tuxugov Nurmagomedov—Porye jangi oldidan UFC debyutanti bilan jang qiladi

    15.08.2019, 17:03

    Odil Ahmedov gol urgan o‘yinda “Shanxay SIPG” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

    15.08.2019, 14:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Uenzdey” seriali mualliflari Addamslar oilasi haqida multfilm ishlab chiqaradi

    Kino | 14 avgust, 16:55

    Shavkat Mirziyoyev Fransiya elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:47

    Tramp Putinga tinchlik uchun tabiiy boyliklarni taklif etmoqchi — The Telegraph

    Dunyo | 14 avgust, 16:40

    UEFA Superkubogi bahsi oldidan G‘azodagi urushga qarshi banner namoyish etildi (foto)

    Sport | 14 avgust, 16:35

    Qirg‘iziston 3,5 tonna pistani O‘zbekistonga qaytarib yubordi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:12
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.