Boliviyada avtobus va yuk mashinasining yuzma-yuz to‘qnashuvida 11 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi.
Fojia 12-avgust, dushanba kuni ertalab ro‘y bergani bildirilmoqda. Qurbonlar orasida bola va homilador ayol bor.
Hodisaning ikki versiyasi — yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgani va haydovchi mast bo‘lgani ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda.
Yuk mashinasi haydovchisining o‘zi omon qoldi va politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Izoh (0)