• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Urganchdagi Ashxobod ko‘chasidan ko‘chirilgan oilalarga berilgan kompensatsiya pullari davlat budjetiga qaytariladi

    Urganchdagi Ashxobod ko‘chasiga ko‘chirilgan aholiga berilgan kompensatsiya puli Respublika budjetidan ssudaga olingan bo‘lib, ushbu mablag‘lar qaytariladi. Bu haqda Urganch shahar moliya bo‘limi boshlig‘i Jamshid Sapayev “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Urganchdagi Ashxobod ko‘chasidan Chondirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan va dalada palatka va chartak (kapa) qurib yashayotgan, ammo 1—2 oydan beri kompensatsiya pulini ololmayotgan aholi va hokimlik o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani, norozi aholi 26-iyul kuni “Urganch—Xonqa” yo‘lini yopib qo‘ygan.

    Shundan so‘ng vaziyatga Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov aralashib, 10-avgustgacha kompensatsiya bo‘yicha to‘liq hisob-kitob qilinishini bildirgan edi. Keyinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda yuzaga kelgan vaziyatni hal qilish uchun bosh vazir Abdulla Aripovni hududga yuborgan. O‘sha kuni Milliy bankning Urganch bo‘limi xodimlari tomonidan kompensatsiya pullari tarqatila boshlagan. Rejaga ko‘ra, 27-iyulning o‘zida 207 ta xonadon egasiga kelishuv shartnomasida ko‘rsatilgan kompensatsiya pulining 50 foizi miqdorida — jami 21 milliard so‘m taqsimlab berilib, 10-avgustgacha esa, barcha xonadon egalari bilan 100 foiz hisob-kitob qilinishi rejalashtirilgan. Jami 394 ta xonadon egasi 70 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya pulini olishi ko‘zda tutilgan.

    Foto: “Chodirqiyot” qishlog‘ida istiqomat qilayotgan aholi vakillari

    Foto: “Chodirqiyot” qishlog‘ida istiqomat qilayotgan aholi vakillari

    “Daryo” muxbirining “qanday moliyaviy rejaga asoslanib xonadonlar boshqa joyga ko‘chirilgandi”, degan savolga Urganch shahar moliya bo‘limi boshlig‘i Jamshid Sapayev “snos”larga “E-IJRO AUKSION”dan tushgan mablag‘lar evaziga qoplanishi ko‘zda tutilganini aytib o‘tdi.

    “Viloyat bo‘yicha mablag‘lar kam tushdi. Iyul oyi oxirlarida 1 milliard 400 million so‘m tushgan bo‘lsa, uning hammasi Ashxobod mahallasidan ko‘chirib kelinganlarga ajratib berildi. Umumiy tushumni ikkinchi chorakda rejadan orttirib bajarish kam bo‘lganligi sababli uy egalarini mablag‘ bilan ta’minlashda uzilish bo‘ldi”, — dedi Sapayev.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, budjetdan “snos”ga mablag‘ rejalashtirilmagani sababli respublika budjetidan qo‘shimcha yordam so‘ralgan.

    “Respublika budjetidan 51 milliard so‘m ssuda ajratishni so‘rab murojaat qilgan edik. Lekin Respublikada budjetidan avval birinchi darajali, ya’ni ish haqi va boshqa to‘lovlarni yopib bo‘linganidan so‘ng 40 milliard so‘m ajratildi. Albatta, ssuda — qarz, uni viloyatga tushgan mablag‘lardan qaytaramiz”, — dedi u.

    Foto: “Chodirqiyot” qishlog‘ida qurilayotgan uylar

    Foto: “Chodirqiyot” qishlog‘ida qurilayotgan uylar

    Xonadon egalaridan nima uchun eski uyining bahosidan 10 foiz miqdorida mablag‘ ushlab qolish belgilangani va u keyinchalik nega bekor qilindi, degan savolga Sapayev Vazirlar Mahkamasining 97-qororiga ko‘ra buzilgan uydan chiqqan materiallar baholanib, uyning bahosidan chegirib qolinishi kerakligini ma’lum qildi.

    “Aslini olganda chegirib qolish 20 foizdan ham oshib ketardi. Vaziyat bunaqa bo‘lgani va aholiga og‘irlik tushmasin deb taxminan 10 foiz qilib belgilangan edi. Ba’zilaridan 2—3 foiz, umuman qaytarilmaganlari ham bor. Lekin bu xalqni noroziligiga olib kelgani yo‘q. Ushlab qolinishi kerak bo‘lgan pullar ularning sharoitini yanada yaxshilash, tezroq uyini bitirib olishiga ko‘maklashish maqsadida Prezidentimizning sovg‘asi sifatida qaytarildi”, — deya ta’kidladi Sapayev.

    Avvalroq, Urganch shahar hokimi Shuhrat Abdullayev norozilik tufayli Urganch—Hazorasp avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan aholi vakillariga chora ko‘rilmasligini bildirgandi.

    10.08.2019, 14:48   Izoh (0)   54194
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada universitet o‘qituvchisi ijodiy imtihonlarda yuqori ball qo‘ydirib berish evaziga 6 ming dollar pora oldi

    10.08.2019, 13:50

    O‘zA muxbiri Dehqonoboddagi jin ko‘prikni qurilmagan deya “fotofakt” berdi. Holbuki jin ko‘prik ta’mirlangani haqida hech qaysi OAV yozmagandi

    10.08.2019, 13:06

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    10.08.2019, 12:50

    “Termiz — Dushanbe — Qashg‘ar” yo‘nalishida ilk avtokarvon yo‘lga chiqdi

    10.08.2019, 11:30

    Toshkentda “Gastro Bazaar—2019” I xalqaro gastronomik turizm festivali boshlandi (foto)

    10.08.2019, 10:25

    Bugun O‘zbekistonda ishlovchilar 1 soat vaqtli uyiga ketishi mumkin

    10.08.2019, 09:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.