Noma’lum shaxs 2017-yil sentabrida Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi 41 yoshli A.T.ga Janubiy Koreyaga ishlash uchun viza olib berishni va’da qilib, uning ishonchiga kirgan.
So‘ng undan 1,5 ming dollar pulni uning uyida olib, shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay voqea joyidan yashiringan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Xabar berishlaricha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod-12 mavzesida yashovchi 42 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)