O‘zbekiston hududidagi buyum va oziq-ovqat (dehqon) bozorlarida, yirik savdo majmualari va do‘konlarda 10-avgustdan 10-sentabrigacha maktab yarmarkalari tashkil etiladi.
Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, maktab yarmarkalarining 931 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 293 tasi aholi gavjum bozorlar hududi va atroflarida, 528 tasi yirik savdo kompleksi va do‘konlarda tashkil etilmoqda.
O‘zbekistondagi barcha maktab yarmarkalarida 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, maktab yarmarkalarini keng assortimentdagi o‘quv qurol, kiyim-kechak, poyabzal va zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari va xususiy tadbirkorlar keng jalb etiladi.
Izoh (0)