Buxoro viloyatining Kogon tumanida yashovchi 40 yoshli D.R.ning hovlisidan 19-yanvar kuni noma’lum shaxs ikki bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketgan.
Jabrlanuvchi ushbu holat yuzasidan oradan yarim yil o‘tib — 15 iyul kuni IIBga murojaat qilgan. Shundan so‘ng yanvardagi o‘g‘rilik yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Kogon tumani ‘Xo‘ja Yakshaba’ mahallasida yashovchi 40 yoshli B.T. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, — deya xabar bermoqda IIV.
Qayd etishlaricha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Vazirlik xabarida gumonlanuvchi jinoyatdan yarim yil o‘tib qanday aniqlanganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)