7-avgust, chorshanba kuni Toshkentda taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasida IV Jahon chempionati bahslariga start berildi.
Mazkur musobaqada jahonning 6️7️ ta mamlakatidan kelgan 8️5️0️ dan ortiq sportchi hamda murabbiy ishtirok etmoqda.
“Universal” sport majmuasida Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Barcha ishtirokchilarni musobaqa ochilish marosimi bilan muborakbod etaman. Sizlar allaqachon g‘olibsizlar, sababi Jahon chempionatida ishtirok etishning o‘zi katta g‘alaba. Ushbu musobaqada qatnashayotgan taekvondochilarga 2020-yil Tokiodagi yoki 2024-yil Parij mezbonlik qiladigan Olimpiadaga chiqishlarini tilayman”, — dedi Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy.
So‘ngra rasmiy qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)