“Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen “Manchester Yunayted” qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
The Independent nashrining xabar qilishicha, avvaliga daniyalik futbolchining vakillari “Manchester Yunayted” keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok eta olmasligi sabab, ulardan bo‘lgan qiziqishga e’tibor qaratmagan edi. Bundan tashqari o‘sha paytda Eriksen “Real” variantini ma’qul ko‘rayotgandi.
Biroq madridliklarning qiziqishi so‘ngach, “qizil iblislar” taklifiga bo‘lgan munosabat jiddiylashgan. Eriksen “Manchester Yunayted” bilan muzokarlar o‘tkazishga tayyor.
Eriksenning “Tottenhem” bilan amaldagi shartnomasi keyingi yozda o‘z nihoyasiga yetadi va futbolchi bitmni uzaytirishni istamayapti.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)