5-avgust kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi maktab o‘quvchilari orasida janjal chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
9-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli I.A. Bekobod tumanida “Navoiy” MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Shova mahallasida yashovchi, 40-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli D.T.ning qorin qismiga hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan Bekobod shahri Beruniy ko‘chasida yashovchi, 2-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli D.A.ning yelka qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada D.T. va D.A.lar kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)