Bugun, 4-avgust kuni Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov V xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” ko‘pkurashida ishtirok etayotgan Rossiya qurolli kuchlari terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari tashrif davomida Rossiya terma jamoasi a’zolari bilan uchrashadi, sportchilarning joylashish sharoitlari va Forish tog‘ poligoni infrastrukturasi bilan tanishadi.
“Harbiy-tibbiy estafeta” ilk bor xorijda, O‘zbekistonning Forish o‘quv bazasida o‘tkazilmoqda.
4-avgust kuni start oladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Angola, Ozarbayjon, Belarus, Vetnam, Rossiya, Armaniston, Zimbabve, Qozog‘iston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar g‘oliblik uchun o‘zaro kurashadi.
Izoh (0)