Bolgariyaning Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan kurash sporti bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Rushana Abdurasulova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Qizlar o‘rtasida -65 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Rushana Abdurasulova dastlab Xorvatiya, Xitoy Taypeyi vakillarini mag‘lub etib, chorak finalda xitoylik Binbin Siangga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Siangning finalgacha yetib borgani sabab Abdurasulovada bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Rushana bu yo‘lda dastlab Qozog‘iston vakilasidan, bronza medali uchun kurashda esa italiyalik Veronika Brashidan ustun keldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)