“Lill” hujumchisi Rafael Leau faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Bu haqda milanliklarning rasmiy saytida xabar berildi.
Portugaliyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
L’Equipe’ning xabar berishicha, “rossonerilar” 20 yoshli Leau uchun 35 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, agarda “Milan” kelajakda o‘yinchini sotgan taqdirda transfer summasining 20 foizi “Lill”ga tegadi.
Ma’lumot uchun, Leau 2018/19-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi hamda 3 ta golli pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)