Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori — Yuriy Chaykaning buyrug‘i bilan, 33 yoshli adliya maslahatchisi Zafar Mahmudov Moskva shahrining Lefortovsk tumanining tumanlararo prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Repost xabar qiladi.
Zafar Mahmudov Buxoroda tug‘ilgan. 2008-yilda Moskva davlat yuridik akademiyasini tamomlagan.
U 27 yoshidan boshlab Rossiya markaziy tuman prokuraturalarini boshqargan. Siktivkar (Komi) prokurorining yordamchisi, Siktivkara atrof-muhit tumanlararo prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Keyin u Tver viloyati prokuraturasining jinoyat-protsessual faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi prokurori, Tver viloyati Kimra tumanlararo prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2014—2019-yillarda u Meshovsk prokurori va Kaluga viloyati Yuxnovsk tuman prokurori bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)