Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Isroilda 2018-yilda tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ism Muhammad bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

 

Isroilda o‘tgan yili dunyoga kelgan 2646 nafar chaqaloqqa Muhammad ismi qo‘yilgan.

Yahudiylar oilalarida tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida David ismi ham ommabop bo‘ldi. Ushbu ism 1,5 ming nafar chaqaloqqa berilgan.

Ommaboplikdagi uchinchi o‘rinni 1,3 ming nafar chaqaloq atalgan Ariyel ismi egalladi.

Qiz bolalarga qo‘yilgan ismlar orasida esa Tamar ismi yetakchilik qilmoqda. Ushbu ism ketma-ket uch yil davomida qiz bolalarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ism bo‘lib kelmoqda.

Shuningdek, so‘nggi paytlarda mamlakatda Mayya va Avigayl ismlari ham ommalashmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, isroilliklar farzandlariga ism tanlayotganida ko‘pincha serial qahramonlari ismlarida to‘xtaladi yoki Lenni, Tommi yoki Dilan kabi xorijiy ismlarni tanlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak