• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Karim Bahriyev: Aksariyat hokimlar va ularning o‘rinbosarlari o‘zlarini “xon, ko‘lankasini maydon” qilib oldi

    O‘zA sobiq deputat, “Hurriyat” gazetasining birinchi bosh muharriri Karim Bahriyevning “O‘zbekiston zaminidagi hech kim qonundan ustun emas!” sarlavhasi ostidagi maqolasini chop etdi. Uni o‘z holicha keltirib o‘tamiz.

    1. Hokim va vazir: manfaatlar to‘qnashuvimi yoki dahanaki jang?
    Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbarini “iflos, hayvon, hezalak”, deb so‘kkan audioyozuv tarqaldi va anchagina muhokamalarga nishon bo‘ldi.

    Haqoratlar oqimining eng shiddatlisi Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmonovga nisbatan aytilgani anglashiladi. Viloyat hokimi boshqarma boshlig‘ini “iflos”, “hayvon”, “shakal”, “hezalak”, “karranda”, “maymun” kabi so‘zlar bilan atagan. 2 soatu 36 daqiqadan iborat audioyozuv Izboskan tumani markazi Poytug‘da bo‘lib o‘tgan majlisning yozuvi ekani ma’lum bo‘ldi.

    Kosaning tagidagi nimkosa...

    Albatta, ijtimoiy tarmoqlardagi xalq hokimning qo‘polligidan larzaga tushdi. Garchand bu taxlit hodisalar izchil chiqib turgan bo‘lsa-da, (qo‘shni viloyat hokimi butun boshli bir rayon ahlini haqoratlagani, Andijon shahar hokimi maktab direktorlarini so‘kkani va hatto jarima to‘lagani hali unutilgani yo‘q), bu galgi beparda so‘kinishlar hammasidan oshib tushgandi... Shovqin biroz tindi, endi ushbu janjalning tagidagi hodisalarni tahlil qilish mumkin.

    Bu majlisda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmonovni ayovsiz haqorat qilinadi: “Nega menga bunaqa aql beryapsan, ey oblzdravning boshlig‘i, iflos, maraz, latta. Ey seni o‘zi nimadan xabaring bor, aytgin! Kasaldan xabaring bo‘lmasa, undan xabaring bo‘lmasa, anavu marazing, vazirchang iflos, kecha menga kevolib, ketimga paxta qo‘yib, Andijondan chiqqan, Genprokurorga xat kirgizibdi. Shprisni unaqa qilib o‘tkazyapti, perchatkani munaqa qilib o‘tkazyapti tender qilmasdan. Sen marazsan, dudkasan sen, erta-indin boshingni yeyman, sen iflosni. Genprokuror menga aytyapti, Shuhrat aka borib vazir bilan gaplashivoling, mana bunday xat qilyapti, deb. Men shprisni kirgizdirib, katta xolamnikiga olib ketyapmanmi? Nimasiga e’tirozing bor, sifatsiz deganmishsan, iflos? Sen, kak medik tushunadigan bo‘lsang, nimasi sifatsiz uni?”

    Boshqarma boshlig‘i e’tiroz bildirmadi, shekilli, hokim davom etdi: “E’tiroz bildirmasang, nega unaqa qiladi? ...Sifatsiz deysan, nimaga aytmading, it! Ikkita frontga o‘ynayapsan, sen iflos! Tilingni uzib, ketingga tiqib yuboraman, sen marazni hali! Sen o‘ynashyapsan men bilan, hezalak! Lekin eshitib ol. Bugun mening qo‘limda vlast! Ikkovingni so‘yaman, sen ifloslarni hali!”

    Ikki soatlik baqir-chaqirni eshitish ham og‘ir, bu yerda keltirish ham mushkul va o‘quvchini ham asrash lozim. Lekin bu so‘zlarni eshitarkansan, hayratga tushasan. Bu bozordagi dahanaki jang yo choyxonadagi olifta janjal emas, axir. Bu bir ulkan viloyat hokimining sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, ziyoli shifokorga aytayotgan gaplaridir. Qani madaniyat, qani ma’naviyat?! Albatta, hozir qattiq turmasang, odamlarni boshqarib bo‘lmay qoldi, deydiganlar topiladi. Bu haqoratni oqlay olmaydi. Bajarmaydigan xodim baqirsang ham, yalinsang ham itoat qilmaydi.

    Bu qadar kuchli baqiriqqa sabab bo‘lgan hodisa nima edi? Hokim sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan aytgan haqoratli gaplarini boshqarma Andijonda ishlab chiqarilgan shpris va tibbiyot qo‘lqoplarini sifatsiz deb, Toshkentdagi firmalardan sotib olayotgani bilan izohlaydi: “Toshkentdagi bitta iflos, bir yerdan import qilib olib kelyapti, shprisni. Uni tepasida 15-20 foizdan hammasi o‘tiribdi. Endi, ularning rizqi qirqildi-da! Men u yoqqa pul o‘tkazmayapman, o‘zimnikini olaman, deyapman. Manavu glavvrachlarni to‘plaganman, oliftalarni, keti bo‘qlarni. Umrimda bormagan, iflos, bolnisangga bordimmi? Hammasini to‘plab aytyapman. Mana shpris, mana perchatka, sifatiga, narxiga e’tirozing bo‘lsa, ayt, deyapman. Ketingni qisding hammang, bittang tishingni oqini ko‘rsatmading. Mening shpris zavodimda 150 ta odam ishlayapti, agar shpris sotilmasa ularga oylik berilmaydi. U zavod menga soliq to‘layapti. U tadbirkor pul sarfladi, zavod olib keldi. Unga yordam bermasam, ertaga bankrot bo‘ladi. Nimaga men toshkentlik ikkita oliftaning dudkasiga o‘ynab uning shpritsini olishim kerak? Bu itlarning keti kuyib, ana shu dudkaning idorasiga to‘planishib olib, xat qilishgan, maraz! Men senga olib kelib berib, og‘zingga tiqib, ketingdan chiqarib yuboraman ana shu prokuraturaga yozgan xatingni”

    Ayon bo‘ladiki, hokim bilan boshqarma boshlig‘i o‘rtasidagi janjal aslida manfaatlar to‘qnashuvining oqibatiga o‘xshab ketadi.

    Viloyat hokimi barcha tumanlardagi tibbiyot birlashmalariga ajratilgan byudjet pullariga faqat u taklif qilgan Andijondagi zavoddan shpris va perchatka sotib olish talabini qo‘ygan. Vrachlar esa, bu mahsulotlarning sifatli emasligidan, doriga o‘tkazilgan pullar ham zavodga o‘tib ketayotganidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilishgan. U yerdan ishchi guruh kelib, vaziyatni o‘rgangan va hokim noto‘g‘ri ish qilayotganini unga aytishgan. Ana shundan, hokimning jahli chiqib ketgan va boshqarma boshlig‘ini haqorat qilib, majlisdan haydab yuborgan. Bu yerda ham manfaatlar to‘qnashgan bo‘lishi mumkin.

    Darvoqe...

    Elning og‘zini lang ochdirgan janjalning asl sababi ayon bo‘ldi: gap sog‘liqni saqlashga ajratilgan pullarning tasarruf qilinishida ekan. O‘zining talabini ikki tomon ham bir qarashda haqli ko‘ringan da’volar bilan dalillaydi va qarama-qarshi tomonni tamagirlikda ayblaydi.

    Hokim hududida faoliyat yuritayotgan firmaning tibbiy ashyolarini sotib olish lozimligini, bu firmada shu yerlik xalq ishlayotganini va u mahalliy byudjetga sezilarli soliq to‘lashini aytadi va qarshi tomondagi sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uning yuqoridagi vazirligini o‘zlariga tanish firma orqali davlat byudjeti pulini sarflayotganini, shundan manfaatdorligini da’vo qiladi (“Uni tepasida 15-20 foizdan hammasi o‘tiribdi. Endi, ularning rizqi qirqildi-da!”).

    Sog‘liqni saqlash vaziri va viloyat boshqarmasi rahbariyati bemorlarning sog‘lig‘i muhimligini, sotib olinayotgan tibbiy ashyolar sifatli bo‘lishi lozimligini, viloyatdagi firmadan olinishida hokimning manfaati borligini aytadi.

    Ikki tomonning ham da’vosi asosliday jaranglaydi va shubhasiz asosliday ham ko‘rinadi.

    Nahotki yechim bo‘lmasa?

    Yechim bor va u shundoq yuzada turibdi. Yuzaga kelgan vaziyat davlat byudjeti mablag‘larining tasarruf etilishi jarayoni hali ham tor xonalarda hal etilayotganini ko‘rsatadi.

    Soha tomonida buni vazir yoki boshqarma boshlig‘i hal qiladi. Hokimlikda hokimning aytgani-aytandir. Aslida har ikki tomonni shubhadan xoli qilish uchun davlat xaridlari sohasini shaffoflashtirish, xaridlarni oshkora va halol tenderlar orqali amalga oshirish zarur. Bu Korrupsiyaga qarshi kurashga oid Davlat dasturida ham, hukumat qarorlarida ham bevosita ko‘rsatilgan.

    O‘sha hokimiyat xayrixoh bo‘lgan firma ham, vazirlik xayrixoh bo‘lgan dillerlar ham oshkora tenderda qatnashsa, jamoatchilik sohaga qancha pul ajratilganini, qayoqqa sarflanganligini bilsa, matbuotda oshkoralik qaror topsa, shu taxlit janjallar va o‘zaro ayblovlarga hojat qolmasdi.

    2. Hokim va tadbirkor: qurilishlar va buzilishlar.

    2019-yil 20-iyulda qashqadaryolik tadbirkor uning do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi. Voqea simptomatikligi bilan hammani larzaga soldi.

    Chunki hokimlarning zug‘umidan so‘ng o‘zini osgan, o‘zini yoqqan tadbirkorlar bo‘lgandi. Hukmdorlar so‘kkan, suvga tushirgan, tosh ko‘tarib qo‘ygan fermerlar bo‘lgandi.

    Nima uchundir hokimlarning zo‘ravonligiga hamma chidab kelayotgandi. Maxsus tergov guruhlari ham jo‘natilmagan, bosdi-bosdi bo‘lib kelayotgandi. Endi tadbirkor hokimiyat vakilining o‘zboshimchaligiga isyon qilganida birdan yuqoridan maxsus guruhlar yuborildi va isyonchi qamoqqa olindi.

    Voqea

    Xabar qilinishicha, 4-5 oydan buyon Yakkabog‘ “posyolka”sidan “Do‘ng qishloq”gacha bo‘lgan hudud “Obod qishloq” dasturi loyihasiga tushganligi sababli, asosan yo‘l kengaytirilib, yo‘l ustida joylashgan qurilishlar buzilmoqda. Tadbirkorning ham do‘koni buzilishi kerak bo‘lgan va bunga tadbirkor oila a’zolari bilan bir qancha vaqt qarshi bo‘lib kelgan.

    20-iyul kuni Yakkabog‘ tumani hokim o‘rinbosari soat 17:30 larda “Hisor Sarlochin” MChJning bir qator do‘konlarini buzmoqchi bo‘lgan. “Tadbirkor bunga qarshilik ko‘rsatgan. Chorasiz qolganidan so‘ng hokim o‘rinbosari ustiga benzin quyib uni yoqib yuborgan. Oqibatda u terining 30-40 foiz kuyishi jarohati bilan kasalxonaga yetkazilgan”, deyildi Bosh prokuratura xabarida.

    Ushbu holat yuzasidan Yakkabog‘ prokuraturasi tomonidan tadbirkorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    “Kun.uz” portali surishtiruvida aytilishicha, binoni buzish uchun hech qanday ogohlantirish berilmagan, voqea bo‘lib o‘tgach, hokimlikdagilar ogohlantirish xati olib kelgan. Kompensatsiya haqida-ku gap-so‘z bo‘lmagan. O‘sha zahoti tadbirkor va uning o‘g‘lini to‘g‘ri IIB bo‘limiga olib ketishgan. Olov yoqishda qatnashmagan bo‘lsa ham, o‘g‘lini 50 soatdan ortiq vaqt mobaynida ushlab turilgan va hattoki uning ta’kidlashicha, boshidagi va yelkasidagi jarohatlarni IIB xodimlari yetkazgan (maqolada jarohat izlarining rasmi ilova qilingan).

    Darvoqe...

    Shubhasiz, samosud – ya’ni qonunbuzarliklarga qarshi qonunbuzarlik qilish maqbul ish emas. Birovning ustiga benzin quyib yoqib yuborish va natijada o‘zgalarning hayotiga xavf ostiga qo‘yish jinoyatdir. Har ikki tomonning ham xatti-harakatlariga adolat bilan yondoshish kerak.

    Yakkabog‘lik tadbirkorning hokimiyat vakiliga benzin sepib, o‘t qo‘yishiga baho berdik. Endi hokimiyat vakilining harakatini ko‘raylik: ichida odamlar turgan binoni buzishga uning zarracha haqqi-huquqi bormi?! Kim unga dalda va huquq berdiki, na ogohlantirish xatisiz, na tovon puli to‘lamasdan o‘zganing mulkini vayron qiladi? Buldozerchilikka o‘qiganmi, o‘qigan bo‘lsa, aynan shu vayronkor mashinani haydashga dalolatnoma yo ishonchnoma olganmi?

    Hokim o‘rinbosarining bu harakati ham – uning o‘ziga xos samosudidir.

    Yechim bormi?

    Konstitutsiyasi va qonunlariga ko‘ra demokratik huquqiy respublika tuzumiga ega bo‘lgan o‘zbek tomoni qonunlariga har ikki tomon rioya etganda, bu balo yo‘q edi.

    Konstitutsiyamizda mulk daxlsizligi kafolatlangan. Qonunlarimizda fuqaro mulkini faqat davlat ehtiyojlari uchun va olti oy oldin ogohlantirib, tovon puli to‘langachgina, buzish mumkinligi ko‘rsatilgan.

    Dinimizda “o‘z mulkini himoya qilib, o‘lgan mo‘min shahid maqomiga ega”ligi aytilgan (Rasulullohdan Termiziy keltirgan hadislarda).

    Jahon tajribasi-chi?

    O‘zining texnokratligi, komopolitligi bilan maqtanadigan, har qadamlarini “rivojlangan davlatlar tajribasi”, “jahon standartlari” bilan izohlaydigan va jahondan faqat o‘z foydalariga ishlaydigan tajribalarni oladigan ko‘pgina amaldorlarimiz biladilar va bilishlari lozimki, AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, “Kongress so‘z va matbuot erkinligini cheklovchi biror-bir qonun chiqarishi mumkin emas” va “xususiy mulk o‘rni qoplanmasdan jamiyat foydasiga musodara qilinishi mumkin emas”.

    Konstitutsiyada ta’kidlanishicha, hukumat yoki xususiy kompaniya boshqaning mulkini ogohlantirish va munosib kompensatsiya pulini to‘lamay, tortib olish, mol-mulkka ziyon yetkazishga haqqi yo‘q. Odatda mol-mulk tortib olinayotgani uchun to‘lanadigan kompensatsiya puli bozor qiymatidan past bo‘lmaydi. Hukumat va mulkdor bu borada muzokara olib borishi belgilangan. Agar ish muzokara bilan ijobiy hal etilmasa, sud masalani o‘rganadi va davlat yo jamiyat manfaatini ko‘zlab emas, balki adolatli qaror chiqarishga intiladi.

    1996-yil Amerikaning sharqidan g‘arbigacha aylanib, Vashingtonga kelganimda Prezident turadigan Oq uydan Kongress binosiga ketiladigan yo‘lda bir eshik derazasi o‘pirilib tushgan, vayrona binoni ko‘rdim va nega bundayligini so‘radim.

    Davlat departamenti vakili bu shaxsiy mulk ekanligini, uni buzib tashlashga hech kimning haqqi yo‘qligini aytdi. Uyning shahar husniga dog‘ligini biladigan egasi buzish uchun shu qadar katta tovon puli talab qilayotgan ekanki, poytaxtning byudjeti uni ko‘tara olmas ekan, uy sohibining roziligisiz uni buzib bo‘lmaydi. Shahar hokimiyati uy hududidan tashqarida kattaroq reklama bannerlari bilan biroz yopishga harakat qilgan, xolos.

    Mulkning daxlsizligi xalqaro huquqning tarkibiy o‘zagidir. “Hech kim zo‘ravonlik bilan o‘z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas”, – bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 17-moddasida qat’iy belgilangan.

    Demak, birovning uyini ogohlantirishsiz va tovon to‘lamasdan buzayotgan hokimiyat nafaqat o‘z qonunlarini va mamlakat Konstitutsiyasini, balki xalqaro huquqda ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etmoqdadir.

    Darvoqe...

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi №97-sonli “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bor.

    Unga ko‘ra, davlat ehtiyotlariga ko‘ra uylar buzilishi mumkin, ammo uyni buzib yana uy qurish – davlat ehtiyoji emas. Uy qurish biznesi vakillariga mahallalarni tortib olib berayotgan hokimlar korrupsiya da’vosi ostida qolishi tabiiydir.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №5495-sonli farmonida ham bu tartib yana bir marta takrorlangan bo‘lib, yer uchastkalarini olib qo‘yishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zarar o‘rni to‘liq qoplangandan keyin ruxsat berilishi aytiladi.

    Bunga rioya qilinyaptimi?

    Bugungi kunda hokimiyatlarning allaqachon buzilgan uylar uchun tovon to‘lashidan qarzi 300 000 000 000 so‘mdan oshganligini Adliya vazirligi ta’kidlamoqda.

    Alal-oqibat...

    Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimlarni tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga yo‘l qo‘ymaslik haqida qat’iy ogohlantirdi: “Barcha hokimlarni qat’iy ogohlantiraman – asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart”.

    Xulosalar

    Aksariyat hokimlar va ularning o‘rinbosarlari o‘zlarini “xon, ko‘lankasini maydon” qilib oldi. Oxiri, mana, o‘zlari buldozerga o‘tirvolib, birovning mulkini buza boshladi, ertaga to‘ppa-to‘g‘ri xalqning ustiga haydashdan ham tap tortmaydi, shekilli...

    Albatta, Prezident hokimlarni “mening vakillarim” deganda xalqni qonun doirasida boshqarish, huquqlarini himoya qilish, joylarda adolat o‘rnatish uchun hokimlarni vakil qildi.

    Xalqni siqib, suvini ichish, ustiga buldozer bilan haydash uchun emas. Umuman, hokimiyat vakillari, huquq-tartibot idoralari mas’ullari qonuniy rahbarlik qilishlari kerak.

    Mana, endi Kasbi tumani IIB boshlig‘i fermerlarni besh soat qirq besh-ellik gradus issiqda avtobus ichiga qamab “o‘qitdi”, degan videolar chiqdi. Bugun “hokimiyat” qo‘limda, bu hududda qonun ham o‘zim, sud ham o‘zim, bilganimni qilaman, deydiganlar paydo bo‘ldi-ku?!

    Bu xatti-harakatlar islohotlarga emas, ularga qarshi harakatlardir. Xalqning boshqa chorasi qolmasa, qonuniy yo‘l bilan hokimlarga bas kelolmasa, Yakkabog‘dagi holatlar yuzaga keladi. Bunaqa zo‘ravonliklar oxiri ijtimoiy bo‘hronlarga olib boradi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir necha marta: “Hokimlar – mening joylardagi vakillarim. Ularni o‘zim himoya qilaman”, degandi.

    Biroq, shu bilan birga, yodimizdaki, Shavkat Mirziyoyev: “Tadbirkorlar – mening himoyamda”, “Shu xalqimiz bizdan adolat istaydi”, “U uzoq sabr qildi zo‘ravonliklarga, unga rahmat aytishimiz kerak sabri uchun”, “Men xalqimiz tomonidaman, hokimiyat – xalqning xizmatkori”, deb ham ko‘p bora aytdi.

    Davlat xalqni himoyasiz qoldirmaydi

    Bundan tashqari, yaqinda Urganch shahrida uyi buzilib, kompensatsiya to‘lanmagan fuqarolar norozilik bildirib, Honqa tumaniga olib boradigan yo‘lni to‘sib qo‘ygani kabi holatlar ham yuz berdi.

    Shunga muvofiq Bosh vazir Urganchga yetib bordi va u yerda uyi buzilgan oilalar bilan suhbat o‘tkazdi. Ularning muammosini joyida hal etish choralari bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu tariqa Bosh vazir tashrifidan keyin aholiga kompensatsiya pullari o‘sha yerning o‘zida to‘lab berilmoqda, deya xabar qilindi ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda.

    Mamlakatda qonun ishlashi kerak

    Albatta, hokimlar vazirliklar va huquq-tartibot idoralari tomonidan bo‘ladigan tazyiqlardan xoli bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, bu lavozim ularga ulkan mas’uliyat ham yuklagan va ular buni unutmasliklari kerak. Ular o‘zlarini qaroqchidan yoki dallolday baqiroq tutsalar, yuksak madaniyat va ma’naviyatdan yiroq bo‘lsalar, zulm va zo‘ravonlikni boshqaruv usuli sifatida qattiq tutib tursalar, ular kimning vakillariga mengzaydi?!

    Shubhasiz, “shoqol”, “maraz” degani haqoratdir, “hezalak” deyish shaxsning erkaklik qobiliyatiga shubhadir, sha’niga isnoddir. Jinoyat kodeksining 139-moddasida ko‘zda tutilgan, ozodlikdan mahrum etilishga sabab bo‘ladigan jinoyatdir. Buni ko‘rib o‘sha majlisda o‘tirgan qonun nazorati yuklangan tashkilot rahbarlarining hech narsa yuz bermayotganday, jim o‘tirishi huquqiy davlatga mos ish emas. Bir yonda hokimiyat vakillarining istagan odamini “maraz”, “shakal” yo “xezalak” degan haqorati oqibatsiz qolayotgan bir paytda yana bir mansabdor - Xalq ta’limi vaziri bor-yo‘g‘i “gazeta va kitob o‘qimagan” degani uchun yetmish yoshli jurnalistni haqoratda ayblab sudga bergani va bu da’voni sudlar jon deb qabul qilganini unutganimiz yo‘q.

    Hokimlarning majlislarda osongina “qamataman”, “ol, mana buni olib borib tiqib qo‘y, ko‘zi ochilsin” deyishi ham hayratlidir. Ey, birodarlar, bugun bularning barchasini dunyo ko‘rib turibdi. Shu majlisda o‘tirgan prokuror yoki politsiya rahbari: “Uzr, sizda birovni qamatishga hukm qilish vakolati yo‘q”, deb ayta olmaydimi?!

    “Hokim”, “hokimiyat”, “hukumat” so‘zlarining o‘zagi “hukm” so‘zidandir, hukm esa – qonundir. Hokimiyat qonunni joriy etish uchun, qonuniy boshqarish uchun ta’sis etilgandir, prokuratura qonun ijrosini nazorat qilish uchun faoliyat yuritishi belgilangan, ichki ishlar idoralari qonubuzarlarga qarshi turishi kerak. Ya’ni bularning barchasi aslan va mohiyatan xalqning huquq va erkinliklarni himoya qilish, ro‘yobga chiqarish uchungina voqedir.

    Hokim qo‘l ostidagilarni “maraz”, “hezalak” deb haqoratlasa, prokuror qonunga ko‘ra emas, hokim “olib borib, tiqib qo‘y” deganni qamasa, militsiya boshlig‘i fermerlarni ichkarisi yetmish-sakson gradus qaynab turgan, konditsionersiz avtobusga uch soatlab qamasa, savol tug‘iladi xalqni “himoyachilar”ning o‘zidan himoya qilish zarurati yuzaga kelmadimi?!

    Demokratik huquqiy davlat qurayotgan ekanmiz, qonun ustuvorligini e’lon qilarkanmiz, davlat va jamiyat munosabatlarida madaniyatli, qonunga asoslangan, insoniy munosabatlarni o‘rnatishimiz lozim.

    Karim Bahriyev

    30.07.2019, 21:00   Izoh (0)   58224
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi OTMlarga kirish imtihonlaridan fotoreportaj

    30.07.2019, 20:34

    Samarqand tumaniga hokim tayinlandi

    30.07.2019, 20:21

    Chorvoq suv omborida cho‘kib ketgan ikki yigitdan birining jasadi topildi

    30.07.2019, 19:03

    Sirdaryodan Orolga velosipedda yo‘lga chiqqan otaxon Xorazmga yetib keldi

    30.07.2019, 18:37

    31-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    30.07.2019, 18:24

    Toshkentda 9 yoshli qizini avtomobil oynasiga mindirgan onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi

    30.07.2019, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.