Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki kun davomida komada bo‘lgan, lekin o‘lmagan. Bu haqda Erkin Turkmenistan YouTube-kanali ma’lum qildi.
Mazkur kanal o‘z manbalariga tayanib, prezident o‘limi haqida birinchi bo‘lib xabar bergandi.
G‘arb davlatlaridan birida yashashi taxmin qilingan kanal muallifiga ko‘ra, Berdimuhamedov 20—21-iyul kunlari komaga tushib qolgan. 22-iyul kuni tongda esa Turkmaniston prezidenti o‘ziga kelgan.
Izoh (0)