Piterda o‘zbekistonlik yigit boshqaruvidagi Skoda avtomobili katta tezlikda yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Repost.
Shuningdek, yana bir qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
23-iyul soat 04:00 da Sankt-Peterburgdagi Staro-Petergof dahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Skoda taksisining rulida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganligi aytilmoqda. Taksi haydovchisi YTH joyidan yashirinishga uringan, biroq oradan 5 daqiqa o‘tar-o‘tmas qo‘lga olingan. Uning yonida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan. Yuk mashinasi haydovchisi esa mast holatda bo‘lgan.
Taksi salonida bo‘lgan uch kishidan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Ikkinchi yo‘lovchi — 35 yoshli erkak shifoxonada olamdan o‘tgan. 19 yoshli qiz esa og‘ir tan jarohatini olgan.
Izoh (0)